Xoʻjaligi - Xoʻjaligi
- Qirg’iziston agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %, xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi.
- Sanoatining yetakmi tarmoqlari: mashinasozlik ,rangli mstallurgiya, neftni qayta ishlash, yengil, oziq-ovqat sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stansiyasi mavjud.
- Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9 %). 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (yalpi mahsulotning 55 %), asosan mayin va yarim mayin junli qoʻychilik; sut-goʻsht chorvachili-gi, yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming choʻchqa, 3765 ming qoʻy va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmogʻi — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari, gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urugi olinadi.
- Transportining asosiy turi — avtomobiltransporti. Avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 28 ming km (19 ming km umumiy foydalanish yoʻllari).
- Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va boshqa chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Oʻzbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozogʻiston, Turkiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — som.
Qirg’iziston iqtisodiy hayoti O’zbekiston qirg’iziston munosobatlari - Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari — Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1993 y. ikkala davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1992 y. iyuldan Toshkentda Q. elchixonasi, 1998 y. okt.dan Bishkekda Oʻzbekiston elchixonasi faoliyat yuritmokda. 2000 y. sent.da OʻzR Prezidenti I.Karimovning Bishkekka, 1996 y. dek. va 1998 y. noyabrda Q. Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi. 1996 y. 24 dek.da ikki davlat oʻrtasida imzolangan "Abadiy doʻstlik toʻgʻrisida"gi shartnoma davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi. Davlatlar oʻrtasida gumanitar sohadagi hamkorlik mana shu shartnoma, 1994 y. 16 yanvarda imzolangan Madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, 1996 y. 24 dek.da imzolangan Madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi muassasalararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 y.gacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 181 hujjat imzolangan. 2004 y. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Q. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 68,1 mln. AQSH dollarini, jumladan, eksport 43,6 mln. AQSH dollarini, import 24,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |