Mavzu:Tayanchlar va ularning turlari. Reja: 1. Inshootlarni hisoblash sxemasi. 2. Tayanchlar va ularning klassifikatsiyasi. 3. Sterjenli sistemalarning geometrik ozgarmaslik shartlari.
Inshootlarning hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha. Inshoot va konstruktsiyalarning hisobini osonlashtirish uchun ular soddalashtirilgan sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan tasvirini ifodalovchi sxema hisoblash sxemasi deyiladi. Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarining geometrik shakliga ko’ra quyidagicha kvalifikatsiyalanadi: 1. Sterjanlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar. Sterjenlardan tashqil topgan inshootlarga balka, rama, arka, ko’p oraliqli balka, fermalar kiradi. Agar inshootlar to’g’ri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa unga balka deyiladi.
Inshoot egri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa, arka deyiladi.
Bir-biriga bikr qilib biriktirilgan sterjenlardan tashkil topgan inshoot rama deyiladi.
Tayanchlar va ularning klassifikatsiyasi. Ma’lumki har qanday inshoot tayanchga ega bo’ladi. Inshootga ta’sir etuvchi kuchlar tayanchlarda hosil bo’ladigan reaktsiya kuchlari bilan birga muvozanatda bo’ladi. Tekis sistemalar uchun tayanch turlari quyidagicha bo’ladi: 1) SHarnirli qo’zgaluvchi tayanch; Bu tayanch 2 ta erkinlik darajasiga ega. Bu tayanch shaklda ko’rsatilganidek sxemalashtiriladi,
2) SHarnirli qo’zg’almas tayanch- bitta erkinlik dSarajasiga ega. Rasmda ko’rsatilgandek sxemalashtiriladi. Sterjenlarning yo’nalishi ihtiyoriy tanlanadi. 3) Mustahkam biriktirilgan tayanch. Erkinlik darajasi nolga teng. Bu tayanchlarning sxemasi rasmda keltirilgan. SHuni qayd etib o’tish kerakki, har bir tayanchda, tayanch sterjenlarining soni tayanch reaktsiyalarining soniga tengdir.
Sterjenli sistemalarning geometrik o’zgarmaslik shartlari.Sterjenli sistemalar deb, odatda, to’g’ri chiziqli sterjenlarni parchin mix, elektr payvand yoki boltlar yordamida bir tugunga birlashtirilishi natijasida hosil bo’ladigan sistemalarga aytiladi. Fermalar ana shular jumlasidandir. Odatda sterjenlar tugunlarga bikr qilib birlashtiriladi. Biroq hisoblash ishlarini engillashtirish maqsadida tugunlarni sharnirli mahkamlangan deb hisoblaymiz. O’z geometrik formasini alohida sterjenlarning deformatsiyalanishi natijasidagina o’zgartiruvchi sistemalar geometrik o’zgarmas sistemalar deb ataladi.