Tayanch tushunchalar shunga o'xshash topish Download 71 Kb. Sana


yordamida yaratilgan, estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.10.2022
Hajmi1,96 Mb.
#851087
TuriРеферат
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tayanch tushunchalar

yordamida yaratilgan, estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va
ayni chog’da, aniq manzarasidir
1


Obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtiroki ham beqiyos, ayni chog’da, judayam
qiziqarlidir. 
Tasavvur badiiy kashfiyotning hal qiluvchi faktori bo’lsa-da, 
niyatning amalga oshishida
aql ham jonli ishtirok etadi, boshqacha aytganda, materialga ongli munosbat hammavaqt
zaruratdir.
Qayerda faqatgina tasavvur yoki faqatgina aqlga e’tibor qaratilsa, o’sha yerda ijodning bir
tomoni alohida qimmat kasb etadi va umuman olganda, avlodlar didini qoniqtirmaydi.
Faqatgina ikkala tomon bab-barobar tamoyilga ega bo’lgandagina – to’g’ri yo’l topilgan
bo’ladi. Shuning uchun ham Shiller “Tasavvur aql bilan birlashganda shoir-san’atkorni
yetishtiradi”, - deydi. Ha, tasavvur faqatgina aql ishtirokida haqqoniylik kasb etadi.
Gyotening aytishicha, mazmun tasavvurning ichki tajribasidan bevosita va erkin oqib
chiqsa, shaklni voqyelik ta’sirida aql kashf etadi. Ularning ikkalasi birlashadi, bu o’zaro
birlashish yaxlit va go’zal bo’lishi uchun – u tahlil qilinishi, anglanishi shartdir.
Go’yo yozuvchida ikki qiyofa birlashadi: biri fikr-g’oya bilan mahliyo bo’lgan san’atkor,
ikkinchisi “Buni qilish kerak, undan qochish kerak” deb fikr beruvchi tanqidchi.
Lekin tasavvur bilan aqlning vazifasi turlichadir. Agar tasavvur – ijodiy kuch bo’lsa, xotira
va tajribaning turli vositalarini guruhlashtirib yangilik yaratsa, bu ideal voqyelik
talablariga javob bersa, aql tasavvur yaratayotgan ishni nazorat qiladi, uning butunligini
va qismlarining garmonik birligini ta’minlashga xizmat qilmaydigan ortiqchaliklarga
barham beradi.
Demak, aql boshqaradi, hal etadi, izlaydi, rad etadi, lekin tasavvur yaratgan narsani
tamoman buzmaydi. Aql tasavvurning maslahatchisi bo’ladi. U ongli faktor sifatida –
san’atkor didi vazifasini o’taydi. Didni tarbiya asosida olish mumkin, uni yaxshilash yoki
turli estetik qarashlar orqali buzish ham mumkin. Shuning uchun ham did tasavvurni
to’diradi, talant tabiatining umumiy belgisiga aylanadi.
“... har bir yozuvchi o’zi uchun 
tanqidchi ham hisoblanadi
, - deb yozadi Pirimqul Qodirov
“O’ylar” kitobida. – Go’yo uning yarmi yozuvchi bo’lib yozsa, yarmi tanqidchi bo’lib,
qanday yozayotganini aytib turadi, har bir asarini kitobxondagi ehtiyojlar, adabiyotdagi
talablar va avtorning yuragidagi niyatlarining toshi bilan tortib qabul qiladi” . Demak,
avtor o’zining yaratgan asarinigina emas, balki o’zini ham ob’ektivlashtirishi lozim degan
haqiqatni – badiiy ijodning qonuniyatlaridan birini to’g’ri ko’rsatadi. Bir vaqtning o’zida
ham ijod qilish, ham nazorat qilish hodisasini S.Ahmad ham asosli ta’kidlaydi: “Xullas, men
“Ufq”da birovga o’xshamaslikka harakat qilganman. Yozayotgan har bir jumlani, shu
rostmi, birov o’qisa ishonadimi, deb o’zimdan-o’zim so’rab yozganman. Birorta
yozuvchining kitobidagi tasvir, birorta o’xshatish beixtiyor kirib qolmasligini kontrol qilib
turganman”.
Ko’rinayaptiki, asar yaratish jarayonida yozuvchining ongi ikkiga bo’linadi: u (avtor)
yaratuvchi, u (o’quvchi) baholovchidir. Ana shu yaratuvchanlik va baholovchilik
holatlarining mutanosibligi asarning ta’sir kuchini ta’minlaydi. Agar birinchi holat-
yozuvchining ijod jarayonida o’zganing (obrazning) “terisiga kira bilishi”ga, uning ruhi
bilan yashay olishiga va voqeaning ishtirokchisiga aylanishiga olib kelsa, ikkinchi holat –
obrazni o’zidan ajratishiga, unga sal uzoqroqdan razm solishga imkon beradi.
Aytmoqchimizki, yozuvchi tasvirlanayotgan voqyelik ichida, qahramon shaxsida yashar
ekan, u hyech vaqt o’zligini (yaratuvchi shaxsligini) yo’qotmasligi kerak. Chunki yozuvchi
tasvirlanayotgan personaj emas, u personajning hamma kechinmalarini aslida boshidan
kechirgan ham emas. Lekin yozuchida personaj yuragini o’z qalbiga joylab olmoq san’ati,
inson psixikasini, his-hayajoni va iztiroblarini tasvirlay olish qudrati bor.


Ham yaratish, ham baholash holati izchil bo’lishi uchun ijod jarayonida yozuvchiga
osoyishtalik va ruhiy tiniqlik kerak. 
Agar charchash
, toliqish natijasida xayol har yoqqa olib
qochar ekan, u diqqatini bir markazga to’play olmaydi. Agar u kuchli hayajon, iztirob,
kechinma ta’sirida ekan, u bu holatlarni to’liq sezadi, his qiladi, lekin qog’ozga tushira
olmaydi. Bu o’z navbatida qahramonlar hatti-harakatlarini, qalb kechinmalarini yetarli
baholay olmasldikka olib keladi. L.Tolstoy ta’biri bilan aytganda, yozuvchi “dilidagi
tanqidchi” uyg’onmaydi.
Xullas, tasavvur materialni bunyod etadi, hissiyot uni harakatga soladi, aql esa boshqarish va
nazorat qilish vazifasini o’taydi... 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish