Tayanch tushunchalar shunga o'xshash topish Download 71 Kb. Sana



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana02.10.2022
Hajmi1,96 Mb.
#851087
TuriРеферат
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tayanch tushunchalar

individuallikni o’zida birdaniga birlashtiradi. Aslida har bir mavjudot kabi inson –
umumiy va individual tomonlarning birligidan iborat: bir tomondan, u jonli mavjudotning
bir vakili, tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan biron – bir urug’ning, millatning, sohaning,
mutaxassislikning vakili. Unga o’xshash minglab, millionlab kishilar bor. Lekin, ayni
paytda, u boshqa biron kishiga tashqi jihatdan ham, xarakteri jihatidan ham o’xshamaydi,
ulardan farqlanib turuvchi o’z dunyosi bor.
Yozuvchi muayyan obrazda voqea – hodisalarning eng muhim xususiyatlarini
umumlashtiradi. Jumladan, “Sudxo’rning o’limi”dagi Qori Ishkambada bosh xususiyat qilib
xasislik, ochko’zlik, sudxo’rlik xislatlari shunchalik umumlashtirilganki, biz hayotda
uchratgan xasis va sudxo’r kishilarni – qori ishkambalar deb atayveramiz.
Ayni paytda, Qori Ishkambaning xarakterli aniq qiyofasi, o’ziga xos original qilig’i, odati,
o’y – orzusi, muhokamayu mushohadasi, tili, odobi, madaniyati bor. Bu o’ziga xosliklar –
individuallashgan tarzda ro’yobga chiqqan va ular ta’kidlab ko’rsatiladi, esda qoladigan
qilib tasvirlanadi. Misol tariqasida uning portretini ko’z o’ngimizga keltiraylik:
“U o’rta bo’yli, 
qorni katta
, semiz, bo’yni kalta va yo’g’on, boshi ham katta va sergo’sht bir
odam edi, bo’ynining yo’g’onligi va yuzining sergo’shtliligi shu darajada ediki, uning gavdasi
suv to’ldirilgan meshday tekis ko’rinar edi. Agar uning qilin soqoli va sochi olinib, kiyimlari
ham yechilib tashlansa, nortuyaning oshqozoniga o’xshab qolardi. Faqat farqi shundaki, bu
tuyaning oshqozonidan kattaroq va tusi ham qizg’ishroq bo’lib, oyu kuni to’lgan semiz,
tullagan keksa bo’g’oz cho’chqaning xuddi o’zi bo’lib qolar edi” (S.Ayniy. Sudxo’rning o’limi,
T., 1978, 176-bet).
Ko’rinadiki, bu qiyofa faqatgina “Sudxo’rning o’limi”dagi Qori Ishkambagagina tegishlidir;
xasis, ochko’z, tekinni ko’rsa yeb to’ymaydigan qorining judayam aniq, judayam ishonchli,
judayam esda qoladigan tarzdagi portretidir; ikkali unsurning – umumlashtirish va
individuallashtirishning hayotiyligini, yaxlitligini yaqqol ko’rsatuvchi isbotdir.
Demak, umumlashmadan individuallik, individuallikdan umumlashmalik tug’ilgandagina,
to’g’rirog’i ular bir–birlarining ichlarida mujassamlashganlaridagina (mazmun va shakl
hodisasiga o’xshab) – yaxlitlik vujudga kelgandagina obraz betakrorlikka, jonlilikka,
ta’sirdorlikka erishadi. Obraz yaratila boshlaydi.
Uning yaratilish jarayonida badiiy to’qima (uydirma, yolg’on) faol ishtirok etadi. “Zotan,
butun adabiyot badiiy to’qimalardan iborat, chunki turmush hodisalari zamon va makon
ichida sochilib yotadi. Masalan, bir odamni olaylik: u o’zining mohiyatini, tabiatini ochib
beradigan bir so’zni bugun aytsa, 
ikkinchisini bir haftadan
, uchinchisini bir yildan keyin
aytishi, balki hyech bir aytmay o’tib ketishi ham mumkin. Yozuvchi ana shunday odamni
ketma-ket so’zlatadi. Uning mohiyati va tabiati uchun xarakterli so’zlarning hammasini
ayttiradi. Bu esa turmushni badiiy to’qimalar vositasida aks ettirish bo’ladi. Ammo, badiiy
to’qimadagi hayot oddiy turmushdan ko’ra realroq va to’liqroqdir”(A.Tolstoy). Shu sabab,
voqyelikning aslidan badiiy asardagi hayot tig’izroq, keskinroq, go’zalroq, yorqinroq,
mag’izliroq, ma’nodorroqdir.
Garchi barcha go’zallik mavjud voqyelikning mazmunida bo’lsa-da, yozuvchi qahramon
hayotining shunday nuqtalarini tanlaydiki, ular asarning g’oyasi talabidan kelib chiqadi.


Ana shu g’oyaga aloqasi bo’lmagan barcha narsalardan yozuvchi voz kechadi. Jumladan,
“O’tgan kunlar”da Kumush tasvirlanar ekan, u o’zbek xonadonida bo’ladigan birorta
yumush(kir yuvish, qozon-tovoqqa unnash, uy va hovli supirish kabi o’nlab ishlar)ni
bajarmaydi. Chunki yozuvchi Kumushning faqatgina bir jihatini – Otabekka sevgisini
ko’rsatishni bosh g’oya qilib olgani uchun oilaviy yumushlarni tasviridan asosli ravishda
voz kechadi, Kumush va Otabek sevgisining, qismatining tarixini ta’sirli gavdalantiradigan,
shu muhabbat mantig’iga mos keladigan, badiiy to’qima yordamida kashf qilingan
voqealarni, holatlarni (birgina “Siz o’shami?” voqeasini, ularning holatini eslang)
tasvirlaydi.
Odamlarning hislarini qo’zg’atish, “tuyg’ularimizdagi to’lqunlarni” uyg’otmoq orqali
hayajonlantirish-estetik ta’sirdorlik adabiyotning vazifasi ekan, demak, badiiy obraz
mag’zi to’q, hayotiy, umriboqiy (Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, O’zbekoyim ... kabi)
bo’lgandagina badiiy qiymatga ega bo’ladi; obraz yaratishga o’tadi: undan hayajonlanib
o’rnak olamiz yoki nafratlanamiz, his-tuyg’ularimizning yaxshilari (ijobiylari)ga “oziq”
beramiz, yomonlari (salbiylari)ni yetti qavat chuqurga ko’mamiz. Qalb musaffoligining -
samimiy tasviridan ba’zan yig’laymiz-yengillashamiz, tozaramiz.
Chunonchi, O’lmas Hoshimova (O’tkir Hoshimovning rafiqasi) “Yozuvchi nega yig’laydi”
(“Oila va jamiyat” gazetasi №30, 25-31 iyul 2001 yil) maqolasida yozadi:
Uning (“Dunyoning ishlari”-H.U) eng oxirgi sahifasi qanday tug’ilgani hamon ko’z o’ngimda
turibdi. Bahor edi. Kechasi gumburlagan tovushdan uyg’onib ketdim. Momaqaldiroq
bo’layotgan ekan. Qarasam, xonada adasi yo’qlar. Ayvonga chiqdim. Soat to’rtdan o’tibdi.
Narigi xona eshigidan chiroq nuri tushib turibdi... Sekin ichkariga kirib yaqin bordim.
Qarasam, adib unsiz yig’layapti... Qo’rqib ketdim. “Nima bo’ldi?” - desam, indamay chiqib
ketdilar... Ko’z yoshi tomgan sahifalarni beixtiyor o’qidim. O’qib, yig’lab yubordim. Bu
“Iltijo” degan bob edi.
“Oyi men keldim ... eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... 
Qabringizni silab qo’ysam orom olasizmi?.. Mana oyijon, mana... Yo’q, yo’q, yig’laganim yo’q.
Hozir, hozir o’tib ketadi...”
Balki bu parchani alohida o’qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. Biroq,
“Dunyoning ishlari”ni bir boshidan o’qib, Onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu satrlarni
o’qiganda larzaga tushmay qolmaydi. “Iltijo” bobini ko’zda yosh bilan o’qib bergan ko’plab
talaba va o’quvchilarni ko’rdim. Darvoqye, “Ikki eshik orasi” romanining “Zilzila”, “Tushda
kechgan umrlar” romanining “Oppoq, oppoq qorlar yog’di” bobini larzaga tushib, yodaki
o’qigan kitobxonlar ham oz emas. Balki muallifning o’zi ularni rosmana yig’lab yozgani
uchun ham shundaydir. Nima bo’lganda ham adiblar yig’isi o’quvchining qalbiga nur olib
kiradi. Yozuvchilik qismati shunday bo’lsa, ehtimol”.
Shu o’rinda bir chekinish qilaylik. Qaysi ovqatni pishirishga ishtiyoqingiz uyg’onayapti?
Deylik, palovga. Palov pishirish o’y-xayoli (orzusi) unga kerakli masalliqlarni ajratishni, eng
yaxshilarini saralashni va bir joyga to’plashni-harakatni keltirib chiqaradi. Palov-g’oya, uni
yuzaga keltiruvchi materiallar tanlanadi: go’sht, sabzi, yog’, piyoz, gurunch, suv, tuz (mosh,
sholg’om, uzum, nok, anor va h.ning keragi yo’q). Turli masalliqlar (zarur materiallar)
o’zaro reaksiyaga kirishib, birlashib, yaxlit bitta narsani - palovni yuzaga keltiradi. Xuddi
shu usulda obraz yaratiladi, ya’ni umumlashtirish, konkretlashtirish, badiiy to’qima, estetik
ta’sirdorlik birlashib, bir-biriga singib birbutun obrazni yuzaga chiqaradi.
Aytilganlarga suyanib, obrazga quyidagi asosli ta’rifni beramiz: Obraz “badiiy to’qima

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish