Didaktikaning predmeti,vazifasi va funktsiyalari. Didaktika predmetini aniqlash bo’yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko’pchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb o’qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o’qituvchi – o’quvchi, o’quvchi – o’quv materiali, o’quvchi – boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. O’qish, o’rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o’rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlarga asoslanadi.
Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonlijihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish ob’ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi.
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini o’taydi.
Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi va ilmiy-tadqiqot metodlari nimadan iborat, degan savollarga javob topish mumkin.
Didaktikaning ilmiy tadqiqot ob’ekti – uzluksiz ta’lim va tarbiya jarayonidir. Didaktikaning ilmiy tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi “ta’lim-tarbiya oluvchi”, “ta’lim-tarbiya beruvchi”, “o’quv dasturi, darslik va boshqa didaktik materiallar”, “o’qitishning usul va uslublari” hamda “o’qitishning texnik vositalari” orasidagi funktsional aloqadorliklardan iboratdir.
Дидактика (таълим назарияси)нинг предметиўқитиш (ўқитувчи фаолияти) ва билим олиш (ўқувчининг ўрганиш фаолияти)нинг ўзаро боғлиқлигива алоқадорлиги жиҳатларини ўрганишдан иборат
Didaktikaning maqsadi – shu funktsional aloqadorliklarning mavjudligi ta’lim-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir.
Bu degani ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashuvchi biron-bir elementi o’zgarsa, uning boshqa qismlarining ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi pedagog o’zgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi o’qitishning usul va uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham o’zgarishi mumkin. Yoki, o’qitishning dasturi o’zgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallar hamda o’qituvchi o’zini va dars berish usullarini bir oz bo’lsa-da o’zgartirishga majbur. Chunki ular o’zaro funktsional bog’liqdirlar. Didaktikaning maqsadi mana shu o’zgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonini muayyan qonuniyatlar asosida kechishini nazariy tomonidan asoslab berishdan iboratdir.
Didaktika o’z tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviytadqiqot usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o’quv-uslubiy hujjatlarni o’rganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birgalikda, didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi – majmuaviy yondoshuv, grafoanalitik, matematik modellashtirish, sotsiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: