1924-yilning 11-aprelida Maorif Xalq Komissarligida alifbo masalalariga bag‘ishlangan
maxsus majlis o‘tkaziladi. Unda Moskvadan yuborilgan lotin alifbosi (turkiy xalqlar uchun
tavsiya etilgan loyiha) muhokama qilinadi.3
192O‘ yilning 29-q1 noyabrida Samarqandda til mutaxassislari va o/zbekshunoslar
kengashi o‘tkaziladi. Unda yozuvga oid quyidagi qaror qabul qilinadi, «Bugun ishlatilmoqda
bo‘lgan imlomizning etishmasliklariga qaramasdan aytish mumkinki, ko‘p imlolardan
mukammaldir... shuning uchun-da boshqadan bir lotin harf va imlosi masalasini ko‘tarish
ortiqchadir.»4 «Butun turk olamining ko‘pchiligi tomonidan arab harflari asrlardan beri ishlatilib
kelib, turklarning aksariyatining tarix va adabiyot bilan bog‘langanligini e`tiborga olib, biz,
turklar uchun arab harflarini olishni muvofiq topamiz.»5’
Do'stlaringiz bilan baham: |