1928-yilning 7-martida O‘zbekiston Respublikasi 2-chaqiriq Markaziy Ijroiya qo‘mitasi
Oliy Kengashining 3-sessiyasi yangi O‘zbek alifbosi Markaziy qo‘mitasining hisobotini va 5
yillik rejasi haqidagi axborotini tinglaydi hamda bu ishni amalga oshirishning yangi tadbirlarini
ishlab chiqish lozimligini ta`kidlaydi.
Sessiya majlisining bayonnomasida (uning 6-moddasida) qayd etilishicha, O‘zbekiston
Markaziy Ijroiya qo‘mitasi yangi O‘zbek alifbosini Davlat alifbosi deb tan oladi va bu haqda
maxsus qaror tayyorlab, uni matbuotda e`lon qilishni Markaziy Ijroiya qo‘mita Prezidiumiga
topshirdi.2
Do'stlaringiz bilan baham: |