1921-yilda Toshkentda 1-5 yanvar` kunlari o/zbek alifbosi va imlosi masalalariga
bag‘ishlangan birinchi O‘lka qurultoyi bo‘lib ota’di, unda Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy va
Botu (M.Hodiev) ma`ruzalari tinglanadi.
Fitrat O‘z ma`ruzasida arab alifbosining o/zbek tili xususiyatlariga moslashmaganligini,
unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar etishmasligini, unli va undosh tovushlarni
ifodalovchi harflarning shaklan farqlan-maganligini, har bir harfning to‘rt shakli borligini
yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday nomukammalikdan qutulish uchun esa arab
alifbosidagi harflarning to‘rt xil shaklidan faqat bittasini (so‘z boshidagi shaklini) qoldirish, unli
tovushlar uchun 6 ta harf belgilash, so‘zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini
yaratish, chet (olinma) so‘zlarni o/zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi.1. Bu
fikrga Elbek ham qo‘shiladi.g‘ Ashurali
Zohiriy esa Fitratning taklifiga e`tiroz bildirib, chet so‘zlarning, xususan, arabcha va
forscha o‘zlashmalarning arab imlosidagi shakllarini o‘zgartirmay yozish ma`qulligini, aks holda
bunday so‘zlarning ma`nolari o‘zgarib ketishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa imlochilar ikkiga
– yangi imlochilar va o‘rta imlochilar guruhiga bo‘linib ketadi.q
Botu (M. hodiev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida yangi
alifbo tuzish kerakligini aytadi. Bu haqda u shunday deydi, - «... Butunlay hozirgi arab harflarini
tashlab, ko‘p millatlar tomonidan qabul qilingan lotin yozuvini tilimizdagi tovushlarga muvofiq
bir holg‘o keltirib qabul qilish kerakdir».4
Shu ma`ruzasida Botu o‘zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosining loyihasini
qurultoy ishtirokchilariga ko‘rsatadi, muzokaraga chiqqan S.UsmonxO‘jaev Botuning fikrini va
loyihasini ma`qullaydi, ammo qurultoy qatnashchilarining ko‘pchiligi amaldagi (arabcha)
alifboni ayrim tuzatishlar kiritish bilan saqlash kerak degan fikrni quvvatlaydi.5
qurultoyda yozuv va alifboga oid quyidagi qaror qabul qilinadi,
1. Bu vaqtga dovur o/zbeklar orasida yurub kelgan yozuvlar yo‘lsiz va qoidasiz
bo‘lg‘onligidan, qo‘nferans yozuvlarimizni isloh etiluvini tilaydir.
2. Imlomizning islohi uchun olti cho‘zg‘uli imlo qabul etilsa.
3. harf-cho‘zg‘ularimiz ayri-ayri shaklda bo‘lur.
4. O‘zbek so‘zlarida qalinlik va ingichkalik qoidasi qabul etilsun.
5. harflarning hammasi ikki turli shakldan bir turli shaklga tushirulsin.
6. Tilimiz orasiga kirib qolg‘on yot so‘zlar O‘z harflarimiz bilan yozilsun».1
Do'stlaringiz bilan baham: |