Tayanch so‘z va iboralar



Download 32,29 Kb.
bet3/4
Sana12.01.2017
Hajmi32,29 Kb.
#322
1   2   3   4
Mamlakat nomi

Maydoni (km²)

Aholisi (ming k. hisobi)

Vatikan

0,44

900

San-Marino

61,2

27336

Lixteynshteyn

160

32528

Monako

195

31842

Andorra

468

67627

Mamlakatlar ko‘pincha geografik o‘rni xususiyatlariga qarab ham guruxlashtiriladi. Bu xususiyatiga ko‘ra dengiz bo‘yida, yarimorolda, orollarda joylashgan mamlakatlar, arxipelag-mamlakatlarga bo‘linadi. Xududi bevosita dengizga tutash bo‘lmagan mamlakatlar (40 taga yaqin) alohida guruhni tashkil etadi.

Dunyo mamlakatlarini toifalashtirish. Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Ularni 2 guruhga bo‘linadi: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar.

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar ikkita toifaga ajratiladi:

Birinchi toifani yuksak rivojlangan AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanadadan iborat “katta yettilik” deb nomlanuvchi mamlakatlar tashkil etadi.

Rivojlangan mamlakatlarni ikkinchi kichik toifasiga kamroq rivojlangan, birinchi navbatda Yevropa mamlakatlari kiradi.Bu mamlakatlar har birining siyosiy va iqtisodiy qudrati uncha katta bo‘lmasa ham, lekin umuman olganda ular jahon ishlarida katta, shu bilan birga tobora ortib borayotgan ahamiyat kasb etadi. Misol: Ispaniya, Shveytsariya, Avstriya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Norvegiya, Shvesiya, Finlandiya.



Uchinchi toifa sotsializm tuzimi barbod bo‘lib, bozor iqtisodiyoti yo‘nalishida rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratiladi.Ular ikki guruhga ajratiladi:

  1. Sharqiy Yevropa mamlakatlariga Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Bolgariya, Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersogoviniya, Serbiya, Chernogoriya, Makedoniya.

  2. Sobiq sovet ittifoqi tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatkarga Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya, Belorussiya, Ukraina, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Uzbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston kiradi.

Qolgan barcha mamlakatlar va BMT xududlari rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiritiladi. Ular butun yer yuzi maydonining yarmini egallaydi, aholisi esa dunyo aholisi sonini yarmidan ortig‘ini, Xitoyni qo‘shib hisoblaganda 70% dan ortig‘ini tashkil etadi.Rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo siyosiy haritasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeanida ekvatordan shimolga va janubga katta masofaga cho‘zilgan mintaqani egallaydi. Bu mamlakatlardan ayrimlari (Eron, Tailand, Efiopiya, Misr, Lotin Amerikasi mamlakatlari va boshqalar) 2-jahon urushidan ancha oldin mustaqillikka ega bo‘lgan. Ko‘pchiligi esa mustaqillikka urushdan keyin erishgan.Ular 5 toifaga bo‘linadi:

  1. toifa. Tayanch mamlakatlar-Xitoy, Hindiston, Braziliya, Meksika.

  2. toifa. Yangi sanoatlashgan mamlakatlar-Koreya respublikasi, Singapur, Malayziya, Tayvan, Gonkong (Osiyo yo‘lbarsi), Tailand, Indoneziya

  3. toifa. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar-Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, BAA, Eron, Iroq, Liviya, Jazoir, Nigeriya, Angola, Venesuela, Indoneziya (OPEK).

  4. toifa. O‘z taraqqiyotidan sezilarli darajada orqada qolayotgan mamlakatlar - KXDR, Vyetnam, Laos, Mongoliya, Kuba, Albaniya, (Sotsializm tuzumi xozirgacha saqlanib qolayotgan mamlakatlar)

  5. toifa. Eng kam rivojlangan 42 ta mamlakat kiradi: Osiyoda –Bangladesh, Nepal, Afg‘oniston, Yaman. Afrikada-Mali, Niger, Chad, Efiopiya, Somali. Lotin Amerikasida - Gaiti kabi mamlakatlar.


Download 32,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish