Tayanch so’z va iboralar


-chizma. Tavakkalchilik tasnifi



Download 78 Kb.
bet5/7
Sana11.01.2022
Hajmi78 Kb.
#343830
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tavakkalchilikni boshqarish

31-chizma. Tavakkalchilik tasnifi.

Sof tavakkalchilik salbiy (zarar, ziyon) yoki nol natijaga erishish ehtimolini bildiradi. Shunday turdagi tavakkalchilikka tabiat, ekologiya, siyosat, transport va qisman tijorat bilan bog’liq tavakkalciliklar kiradi.

Chayqovchilik (спекулятив) tavakkalcilik ham salbiy (zarar, ziyon), ham ijobiy natija (yutuq, foyda)ga erishish ehtimolini bildiradi. Bu turdagi tavakkalchilikka moliya bilan bog’liq bo’lgan ikki turdagi, ya’ni investitsiya va pulning sotib olish qobilyati bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklar kiradi.

Tabiat bilan bog’liq tavakkalchilik turiga tabiiy ofatlar oqibatida ehtimol (tavakkal) qilinadigan zararlar kiradi, masalan, yer qimirlashi, suv toshqini, dovul, epidemiya va boshqalar tufayli ok’rilgan zarar darajasi.

Ekologiya bilan bog’liq tavakkalchilik – bu atrof muhitni ifloslanishi oqibatida ehtimol (tavakkal qilinadigan zarar yoki qo’shimcha xarajat).

Siyosat bilan bog’liq tavakkalchilik – bu siyosat beqarorlik oqibatida ehtimol qilinadigan moddiy (moliyaviy) zararlar. Bu tavakkalchilik korxona faoliyatiga emas balki mamlakatdagi sotsial siyosiy barqarorlikka bog’liq.

Transport bilan bog’liq tavakkalchilikbu avtomobil, temir yo’l, dengiz, havo transportlarida yuklarni tashish jarayonida ehtimol (tavakkal) qilinadigan zararlar.

Tijorat bilan bog’liq tavakkalchilik – bu xo’jalik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati oqibatida ehtimol (tavakkal) qilinadigan zararlardir. Bunday turdagi tavakkalchilik o’z navbatida ishlab chiqarish, savdo va qisman moliya bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklarga bo’linadi.

Ishlab chiqarish bilan bog’liq tavakkalchilik – bu ishlab chiqarish jarayonining to’xtab qolishi yoki bir maromda ishlayotganligi, texnologiyaning buzilishi, sifatsiz xomashyo oqibati yoki xodimlarning sifatsiz ishlashlari evaziga ehtimol (tavakkal)qilinadigan zarar yoki qo’shimcha harajatlardir.

Savdo bilan bog’liq tavakkalchilik – bu o’zaro to’lovlarning kechiqtirilishi, shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibatida ehtimol (tavakkal) qilinadigan zarur yoki olinmaydigan daromad.

Moliya bilan bog’liq tavakkalcilik – bu ehtimol qilinadigan moliyaviy zararlar bo’lib, u o’z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan, oxirgisi esa o’z navbatida,

* inflyatsiya va

* valyuta bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik turlariga bo’linadi.

Inflyatsiya bilan bog’liq tavakkalchilik – bu olingan daromadlarning qadri yuqori inflyatsiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi.

Valyuta bilan bog’liq tavakkalchilik – bu chet el valyutasi kursining o’zgarishi oqibatida ko’riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eksport-import operatsiyalarini, shuningdek, valyuta operatsiyalarini baholashda o’ta zarurdir.

Tizimli tavakkalchilik – bu, u yoki bu bozorda konyukturaning yomonlashishi yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik investitsiyani aniq bir ob’ektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori, qo’zg’almas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo’yilgan mablag’ bo’yicha tavakkalchilikni ifodalaydi.

Selektiv tavakkalchilik – bu u yoki bu bozorda ob’ektni noto’g’ri tanlab olishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan xavf.

Kredit tavakkalchiligi – bu qarz olgan tomonining o’z majburoyatlarini to’lay olmasligi xavfi.

Regional tavakkalchilik – muayyan regionallarning iqtisodiy holati bilan bog’langan bo’ladi.

Tarmoq bilan bog’liq tavakkalchilik ayrim tarmoq iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lib, u ikkita omil ta’siri ostida bo’ladi:


Korxona tavakkalciligi investitsiya ob’ekti bo’lgan aniq korxona faoliyati bilan bog’liq.

Investitsiya tavakkalchiligi deganda yana Tovar yoki xizmat, yangi texnologiyani ishlab chiqish va joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning qoplanmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar tushuniladi.




    1. Download 78 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish