Tayanch so‘z



Download 256 Kb.
bet18/58
Sana16.03.2022
Hajmi256 Kb.
#496269
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
ma\'ruza

Aqidaparastlik (arab. «aqida» – «ishonch», «biror narsani ik­ kinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron­bir g‘oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartib­ larni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r­ko‘ro­ na qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi.
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy saba­ bi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. De­ mak, mutaassiblik ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlay­ di.
Mutaassiblik (arab. «chuqur ketish») o‘z fikr­mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaas­ siblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassib­ lik g‘oyalarining tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayon­ ning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyat­ ga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqa­ rishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorizm (lo­ tin: «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlam­ larida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratil­ gan jinoiy faoliyatdir.
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob
sifatida foydalanadilar. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi.
Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan si­ yosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.
Xalqaro terrorizm fenomeni ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlat­ lararo hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30­yilla­ ridan boshlangan. Masalan, 1934­yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muam­ molariga bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qi­ lish maqsadida biror­bir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937­yilda 20 dan ortiq davlat terro­ rizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash ha­ qidagi Konvensiyani imzoladi.
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970­yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko‘proq uchragan bo‘lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poyezdlarda port­ lashlarni sodir etish orqali ko‘plab tasodifiy kishilarning qurbon bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga oshirishga e’ti­ bor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar bi­ rinchi navbatda jabrlanganlardan ko‘ra, uning guvohlariga qa­ ratilgan bo‘ladi.
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xuru­ jida yuqorida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos cho­ ralar ko‘rilishiga olib keladi.

Download 256 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish