Nazorat uchun savollar: 1.Iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering.
2.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning qanday bosqichlari xarakterlab bering?
3.Erkin savdo hududlarini tavsiflab bering.
4.Integratsion jarayonlar milliy davlatlar iqtisodiyotini rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini xarakterlab bering.
5.EI qachon va qaysi davlatlar tomonidan tashkil etildi.
6.Jahondagi integratsion birlashmalar haqida siz nima bilasiz?
7.NAFTAni tuzilishidan asosiy maqsad nima va unga qaysi davlatlar a’zo?
11-mavzu. Jahon iqtisodiyotini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning roli Reja: 11.1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tasniflanishi 11.2. Jahon xo‘jaligidagi global tashkilot Birlashgan millatlar tashkiloti tizimi
11.3. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti. Hududiy iqtisodiy tashkilotlar
11.4. Jahon savdo tashkilotining jahon xo‘jaligidagi rivojlanish yo‘nalishlari va uni mamlakatlar iqtisodiyotidaga ahamiyati
11.5. JSTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish uslublari
11.1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tasniflanishi Xalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mexanizm sifatida bir tomondan bozorga xos o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lsa (XIMning moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o‘tish kerakki, birinchi (1914-1918 yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida xalqaro tashkilotlarni gurkirab vujudga kelish jarayoni (shu davrd Xalqaro mehnat tashkiloti, o‘zining «Inkoterms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo‘lgan Xalqaro savdo palatasi, Xalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa 40-yillarda ikkita to‘qnashuvni boshidan kechirgan davlatlar tarixidagi favqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan bog‘liq.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning shakllanishida muhim o‘rin tutgan quyidagi omillarni keltirishimiz mumkin:
1. Insonlar hayotining bir biriga bog‘likligining yanada o‘sishi;
2. Sanoat revolyusiyasi va ilmiy yutuqlar insonlarni bir- biridan ajratib turgan masofalarni qisqartirishi va xalqaro munosabat va hamkorlikni kengaytirishi;
3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy o‘sish;
4. Davlatlarning barcha sohada bir – birlariga bog‘liqligining o‘sishi;
5. Duyodagi umumiy resurslardan oqilona foydalanishning zarurligini chuqurroq anglash.