Nazorat uchun savollar: 1.Sanoati rivojlangan davlatlar guruhiga qaysi mamlakatlar kiritiladi?
2.Sanoati rivojlangan davlatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini qaysi ko‘rsatkichlar bilan ko‘rsatib berish mumkin?
3.Jahon iqtisodiy rivojlanishining uchta asosiy markazini ko‘rsatib bering.
4.“Katta yettilik” yoki “katta sakkizlik”ka kiruvchi davlatlarni sanab bering.
5.Rivojlangan davlatlarning tashqi iqtisodiy ekspansiyasini amalga oshirishda TMK qanday o‘rin tutadi?
6.Sanoati rivojlangan davlatlar ishtirokidagi qanday integratsion guruhlarni bilasiz?
7.Yaponiya iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni sanab o‘ting?
8.Yaponiya iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi nimalar hisobiga erishilgan?
9-mavzu. Rivojlanayotgan mamlakatlar – хalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida Reja: 9.1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari 9.2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o‘rni va roli
9.3.Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida tutgan o‘rni
9.4. “Yangi industrial mamlakatlar”ning jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni
9.1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini rivojlanishining ahamiyatli tomonlaridan biri, sobiq mustamlaka va qaram territoriyalarning roli va ahamiyatini iqtisodiy jihatdan kuchayib borayotganligidir. Ushbu mamlakatlar avval jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar yoki ozod etilgan mamlakatlar, “uchinchi dunyo mamlakatlari”, “janub” mamlakatlari yoki “periferiya” mamlakatlari sifatida tilga olingan bo‘lsa, hozirgi kunda umumiy tarzda rivojlanayotgan mamlakatlar deya ataladi..
Bu mamlakatlar iqtisodiyoti turli-tumandir, ularning xududida 3,2 mlrd atrofida axoli yashaydi. Ushbu mamlakatlarda hozirgi kunda juda murakab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kechmoqda.Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti ko‘p ukladli ijtimoiy-iqtisodiy tarkibga asoslanadi. Bir qator mamlakatlarda kapitalistik uklad bilan bir qatorda hamon urug-aymogchilik va patriarxal munosabatlar ham mavjuddir. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat va davlat xo‘jalik ukladi muhim rol o‘ynaydi. Davlat sektorini rivojlantirish bosqichi kapitalistik ishbilarmonlikni kengaytirish siyosati bilan hamoxang olib boriladi. Buning natijasida esa davlat kapitalizmi paydo buladi va rivojlanadi. Jahon iqtisodiyotida ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning uxshashlik tomonlari, ya’ni ularning qashshoqligi, axolisining qoloqligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, sanoati rivojlangan mamlakatlardan katta miqdorda karzdorligi bo‘lib hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi o‘zining tulakonli ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi va axolisining yashash turmush tarzi darajasi bo‘yicha G‘arbiy Yevropani sanoatlashgan ilgor mamlakatlaridan qariiyb 20-50 marotaba orqada qolmoqda.