Таянч концпект


Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasining eksportyor-importyor mamlakatlarga iqtisodiy ta’siri



Download 2,61 Mb.
bet17/127
Sana12.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#937795
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Bog'liq
JI va XIM majmua 2022-2023.doc2

4.5. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasining eksportyor-importyor mamlakatlarga iqtisodiy ta’siri

Xalqaro xuquqiy xujjatlarda ishsizlikni kamaytirish, emigrant-ishchilardan valyuta mablag‘larini kirib kelishi, qabul qiluvchi mamlakatda ularga yetarli darajadagi turmush sharoitini ta’minlashga ko‘mak berish uchun emigratsion siyosat olib borilishi qayd etiladi. Migrantlarning asosiy qismini 30-40 yoshdagilar tashkil etadi, ularning xorijga chiqishi ichki mehnat bozoridagi raqobatni yumshatish imkoniyatini beradi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning beqarorligi sharoitida ijtimoiy keskinlik yumshatiladi.Emigrantlarning o‘tkazmalaridan kelib tushadigan valyuta mablag‘lari jahondagi asosiy ishchi kuchi eksportyorlari (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlari, shuningdek, ba’zi sobiq sotsialistik davlatlar) uchun milliardlab dollar bilan o‘lchanadi. Bunday mamlakatlar o‘nta atrofida. Bundan tashqari migrantlar chet elda ishlab kaytgandan so‘ng, odatda ikki-yetti yil davomida valyuta o‘tkazmalariga ekvivalent miqdorda qimmatli buyumlar va jamg‘armalar olib kelishadi. Ishchi kuchi eksportining o‘ziga xos ijobiy tomonlariga uzoq vaqt davom etgan xorijiy faoliyatdan so‘ng bu ishchilarning umumiy kasb mahorati darajasi ortadi va ular o‘z vatanlarida iqtisodiy hayotning yangi sohalarida ishlashga tayyor bo‘lishini kiritish mumkin.Ishchi kuchining chet elga yuborilishining salbiy jihatlari ichida eng asosiysi mehnatga layoqatli va yuqori malakali mutaxassislarning yo‘qotilishi hisoblanadi.Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar odatda, migrantlar soni va sifatiy tarkibini tartibga solib boruvchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardir. Tartibga solish dastaklari sifatida immigratsion kvotalar va turli cheklashlardan (migrantning yoshi, ma’lumotlilik saviyasi, kasb maxorati darajasi, sog‘ligi kabilar) foydalaniladi. Shuning uchun xam xorijdan ishchi kuchini jalb etishga tanlov tamoyilidan foydalanish to‘g‘risida gapirish mumkin.


4.6. «Aqlli kishilarning ketib qolish» muammosining mohiyati
Ishchi kuchi eksporti milliy iqtisodiyotda ijobiy oqibatlar bilan bir qatorda salbiy oqibatlar xam qoldiradi. Bu eng avvalo «aqlli kishilarning ketib kolishi» deb ataluvchi yuqori malakali mutaxassislarning xorijga ketib qolishi bilan bog‘liqdir. Bu jarayonning mohiyati shundaki, mutaxassislar turmush darajasi past davlatlardan yuqori ish xaqi, yaxshi mehnat sharoitlari, ijodiy imkoniyatlarni amalga oshirishga yetarli shart-sharoit va nihoyat ijtimoiy kafolatlar yaratib bera oladigan mamlakatlarga ketib qoladi.«Yuqori sifatli» ishchi kuchini o‘ziga jalb qiluvchi asosiy markazlar eng boy mamlakatlar: AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shvesiya, kamroq darajada Yaponiya, Singapur, Tayvan sanaladi. Aqlli kishilarni chiqib ketishining asosiy kanallari birinchidan, xorijiy talabalar va aspirantlarni chet eldagi universitetlari tomonidan jalb etilishi, ikkinchidan, tajribali mutaxassislarni xalqaro kompaniyalarda ishga taklif etilishi hisoblanadi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish