5-masala. Kichik mamlakat X tovarni import qiladi. Bu tovarning jahon bahosi 10 $. X tovarni bu mamlakatdagi ichki taklifi S = 50 + 5P tenglama bilan aniqlanadi. Talab egrichizig‘i esa: D = 400 - 10Rko‘rinishga ega. Faraz qilaylik, mamlakatda X tovar birligiga 5 $ miqdorida maxsus tarif belgilandi. Bojxona bojining quyidagilarga ta’sirini aniqlang: a) iste’molchilar farovonligiga;
b) ushbu mamlakatdagi X tovarni ishlab chiqaruvchilar daromadlariga;
v) davlat byudjetining daromad qismiga;
g) mamlakat farovonligiga.
6-masala. Faraz qilaylik, A mamlakat samolyot ishlab chiqaradi. Ichki bozorda bitta samolyot narxi - 60 mln. dollar. Samolyot ishlab chiqarish uchun zarur yehtiyoj qismlarning 50 foizi chetdan sotib olinadi. Import qilingan yehtiyoj qismlarning tayyor mahsulotdagi ulushi 25 foizni tashkil yetadi. A mamlakatdagi milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va bandlikni qo‘llab-quvvatlash uchun bojxona bojini joriy yetildi. Unga ko‘ra import qilingan samolyot uchun bojxona boji stavkasi 15 foiz, samolyotsozlikda foydalaniladigan import qilingan materiallar va yehtiyoj qismlar uchun yesa - 10 foizga teng. Ushbu holda A mamlakatda samolyosozlikni boj orqali himoyalashning faktik darajasi qanday? (Qo‘shimcha qiymat usuli orqali aniqlang). 7-masala. Braziliya shakar yeksportiga bir tonna shakar uchun 20 $ miqdorida tarif joriy yetdi, jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi miqdorlarni aniqlang.
Tarif bo‘lmaganda
Tarif bo‘lganda
Shakarning jahon narxi
300 dollar 1 tonna uchun
300 dollar 1 tonna uchun
Ichki iste’mol hajmi
6 mln. tonna
8 mln. tonna
Ichki ishlab chiqarish hajmi
22 mln. tonna
20 mln. tonna
a) Braziliyalik iste’molchilarning tarif joriy yetilishi tufayli yutuhi;
b) Braziliyalik ishlab chiqaruvchilarning tarif joriy yetilishi tufayli yutqazishi;
v) Davlat byudjetiga tarif yihimidan tushumlar miqdori;
g) Shakarga eksportboji joriy yetilishining Braziliya milliy farovonligiga sof ta’siri.
8-masala. Fudji mamlakati kichik davlat (ya’ni u jahon narxlariga ta’sir yeta olmaydi) va bir qop yong‘oqni 10 dollardan import qiladi. Ichki bozorda yong‘oqqa talab va taklif egrichizig‘i quyidagi tenglamalar orqali aniqlanadi: D= 400 - 10R; S = 50 + 5R. Faraz qilaylik, Fudji hukumati yong‘oq importini 50 qopgacha cheklamoqchi bo‘lsin. Quyidagilarni hisoblang: a) import hajmi qanchaga kamayadi;
b) ichki narxga qanchaga ko‘tariladi;
v) iste’molchilarning yutqazishi miqdori;
g) ishlab chiqaruvchilarning yutuhi miqdori;
d) agar import uchun litsenziyalar ochiq raqobatli kim oshdi savdosida sotilsa, kvota joriy qilishdan mamlakatga umumiy ta’siri.
9-masala. Faraz qilaylik, Yaponiya Fransiyaga avtomobillar yeksportiga ko‘ngilli eksport cheklashlarini joriy yetdi. Ma’lumki, bu cheklashlar oqibatida Fransiyaga import hajmi 60 mingtadan 40 mingtagacha kamaydi avtomobil narxi 1000 dollarga oshdi. Bu ma’lumotlar asosida Ko‘ngilli yeksprot cheklashlari natijasida avtomobillar importiga 500 dollar miqdorida maxsus bojxona tarifi o‘rnatilgan sharoitda Fransiya turmush farovonligining yo‘qotishini hisoblang. 10-masala. Bir necha eksportyor mamlakat shakarning jahon narxini ko‘tarish maqsadida kartel tuzdilar. Kartelga a’zo mamlakatlar jahon shakar bozorining 25 foizini nazorat qilishadi. Shakarga jahon talabining elastikligi 0,7 ga teng, kartelga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan shakar yetkazib berish yelastikligi 0,4 ni tashkil yetadi. Kartel uchun jahon narxini ko‘tarishning eng optimal miqdorini hisoblang.