Birinchi qonunning fizik ma'nosi. Birinchi qonunning fizik ma'nosini tushunish
uchun elektroliz va ionli o’tkazish mexanizmini batafsilroq o’rganamiz. Elektrolitdan
qancha ko'p zaryad miqdori o’sa, shuncha ionlar elektrodlarga yetib keladi. Musbat ionlar
katodga yetib kelib o’ziga yetmagan elektronlarni oladi va neytral atomga aylanib katodga
yopishib qoladi. Manfiy ionlar esa anodga tegishi bilan ortiqcha elektronlarini berib, u
ham anodga yopishib qoladi. Elektrodlarga yopishadigan har bir ion o’i bilan
qanchadir elektr zaryadini olib keladi. Demak, barcha ionlar tashiydigan to’la zaryad
elektrodlarga yopishib qoladigan ionlar soniga, ya'ni ajraladigan modda massasiga
proporsionaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |