70-75%i issiqlik energiyasi sifatida tana haroratining doirniyligini ta'rninlash uchun sarflanadi, ortiqcha qisrni teri va nafas chiqarish yo'li orqali tashqariga ajratiladi. Bu energiya ovqat tarkibidagi oqsil yog' va uglevodlarning kislorod bilan oksidlanishi natijasida hosil bo'ladi. Bundan tashqari, rnuskullarda zahira holda ATF, KF, glikogen kabi energiya beruvchi rnoddalar bo'lib, rnuskul ish bajarganda, ular parchalanib, energiya hosil qiladi. Jismoniy mehnat qiluvchilar, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanuvchilar muskullarida energiya manbai bo'lgan ATF, KF, glikogen kabi moddalarning zahira miqdori ko'p bo'ladi. Shuning uchun bunday odamlar jismoniy mashq bajarganda tez charchamaydi, chunki yuqorida ko'rsatilgan moddalar parcha¬lanib, muskul ishi uchun zarur bo'lgan energiya bilan ta'minlaydi.
14-rasm. Yelka muskullari dinamik harakatining tasviri. 1- yelkaning oldingi ikki boshli muskuli; 2 yelkaning orqa qismidagi uch boshli muskul. A- yelkaning ikki boshli muskuli qisqarganda qo'lning tirsak bo'g'imi bukiladi; B- yelkaning uch boshli muskuli qisqarganda qo'lning tirsak bo'g'imi yoziladi.
Suyak to’qimasi tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi to’qima bo’lib, suyak skeletining asosiy struktura komponenti hisoblanadi. U mexanik vazifalariga ko’ra boshqa biriktiruvchi to’qimalardan farq qiladi, ya'ni umurtqali hayvonlar (odam) skeletini tashkil etadi, gavda tuzilishini shakllantiradi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi (chunki ularga ko’ndalang yo’lli muskullar birikkan bo’ladi). Ximiyaviy-biologik jihatdan esa suyak to’qimasi organizmda mineral moddalar almashinuvi balansini ta'-minlab turadi va hokazo. Uning hujayralararo moddalari tarkibida ko’p miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzining 97% suyak to’qimada uchraydi. Suyak to’qimasi tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi to’qima bo’lib, suyak skeletining asosiy struktura komponenti hisoblanadi. U mexanik vazifalariga ko’ra boshqa biriktiruvchi to’qimalardan farq qiladi, ya'ni umurtqali hayvonlar (odam) skeletini tashkil etadi, gavda tuzilishini shakllantiradi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi (chunki ularga ko’ndalang yo’lli muskullar birikkan bo’ladi). Ximiyaviy-biologik jihatdan esa suyak to’qimasi organizmda mineral moddalar almashinuvi balansini ta'-minlab turadi va hokazo. Uning hujayralararo moddalari tarkibida ko’p miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzining 97% suyak to’qimada uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |