Biologik membranalarning struktura va funktsiyasi
Reja:
Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari.
Membrana oqsillari, lipidlari.
Membranalar tuzilishiga oid hozirgi zamon tasavvurlari.
Model membranalar
Bizga ma’lumkii, hujayralarning eng asosiy qismi membranalar hisoblanadi.Ular hujayrani atrof-muhitdan chegaralab turadi, unga ziyon yetqazuvchi tashqi ta’sirlardan himoya qiladi, hujayra bilan uning atrofini o‘rab turuvchi muhit orasidagi modda almashinuvini boshqaradi, elektr potentsiallarini generatsiyalashga imkoniyat yaratadi, mitoxondriyalardagi universal akkumulyatorlar energiyasi ATF ni sintez qilishda ishtirok etadi. Xulosa qilib aytganda, membranalar hujayralarning tuzilishini shakllantiradi va uning vazifasini bajaradi. Ko‘pgina kasalliklar masalan, ateroskleroz, zaharlanish va h.z.lar membrana tuzilishining va ish faoliyatining buzilishi bilan bog‘liqdir.
Hozirgi davrga kelib, biologiyada mustaqil ilmiy yo‘nalish-membranologiya shakllandi. Membranologiya biologik membranalar tuzilishi,molekulyar tashkillanganligini, membranaviy tarkibiy qismlarining faoliyat mexanizmlari,membrana fizik-kimyoviy xossalari va aktivligining boshqarilishi masalalarini tekshirish bilan shug‘allanadi.
Membranologiyaning qisqacha tarixi
Mualliflar
|
Yillar
|
Membrana o‘rganishdagi hissasi
|
Fon Mol va K. Fon Negeli
|
1895
|
Plazmoliz hodisasini tuShuntiri da “membrana” atamasini kiritishgan.
|
V.pfeffer
|
1877
|
“Osmos tadqiqoti” asarini yozgan.
|
V.Nernst
|
1888
|
Membranaviy potentsial tenglamasini kiritgan.
|
V.Ostvalg‘d
|
1890
|
Bioelektrik jarayonlarda membrana ning ishtiroki haqida taxminlar qilishgan.
|
Yu.Bernshteyn
|
1902
|
Tinchlik potentsialining kelib chiqishidagi membrana nazariyasini ishlab chiqishgan.
|
E.Overton
|
1895-1902
|
Membranada lipidlar tabiati haqida o‘z xulosalarini qoldirgan.
|
Gorter va
Grendel
|
1925
|
Membrana ikki lipid qatlam (bisloy) dan tashkil to‘ganligi haqida aytishgan.
|
Daniell va Davsonlar
|
1935
|
Membrananing “buterborod” modelli tuzilishi haqida
|
1895-1902 yillar oralig‘ida E.Overton bir qancha birikmalarda xujayra membranasining o‘tkazuvchanligini o‘lchaydi va bu birikmalarning membrana orqali o‘tishini to‘g‘ri chiziq orqali ko‘rsatib beradi.
Daniell va Davsonlar buterbrod modellarini tavsiya qiladilar. Ularning bu modellari membranologiya taraqqiyotida 40 yillargacha saqlanib keldi. Ularning bu modellariga asosan fosfolipidlar qo‘shqatlamida oqsillar
Joylashganligi isbotlandi.
Membrananing “suyuq-kristall” modeli 1972 yilda Singer va Nikolg‘son tomonidan fizikaviy va kimyovi usullar yordamida olib borilgan bir qancha tadqiqotlar natijasida membranalar tuzilishida suyuk-mozaik modeli tavsiya etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |