Tayanch atamalar: al mavron (ikki marv degan so’z bo’lib, biri Marvrud, ikkinchisi Marv shohjondir), Hasan Tibiy o’zining «Jome’i mahosini kitobat ul-kuttab»


XVI asrning boshidan safaviylar va shayboniylar hokimiyat tepasiga kelishi bilan iqtisodiy va madaniy hayot asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi



Download 15,73 Kb.
bet3/5
Sana13.01.2022
Hajmi15,73 Kb.
#356224
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5413703446501002501

XVI asrning boshidan safaviylar va shayboniylar hokimiyat tepasiga kelishi bilan iqtisodiy va madaniy hayot asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi.

XIX asrga kelganda, ayniqsa, o’rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari kuchaya borgan sari madaniy hayotda yana ko`tarilish roy bera boshladi.

Shunday qilib, IX asrdan to XX asrgacha, taxminan 1000 yillik tarixida o’rta Osiyo xalqlarining ilm-fan va ma’naviy madaniyat sohasida yaratib qoldirgan buyuk merosi bizning davrimizgacha, asosan, qo’lyozma kitoblar shaklida yetib kelgan.

Arab yozuvida kitobat qilingan ming yillik madaniy meros nasldan-naslga qo‘lyozma shaklida o’tib kelgan. Shu qo`lyozma kitoblar tufayligina O’rta Osiyo xalqlari ota-bobolari yaratib qoldirgan madaniy merosdan bahramand bo’lganlar. Shu qo’lyozma tufayli O’rta Osiyodagi har bir xalq, har bir millat o’z tarixiga ega bo’lgan. Nihoyat, shu qo’lyozmalar tufayli O’rta Osiyo xalqlari jahon madaniyat tarixi taraqqiyotiga o’z hissasini qo’sha olgan.

Bu qo’lyozma kitoblarning muallif tomonidan parcha-parcha qog`ozlarga yozilgandan so’ng, uni oqqa ko’chirib, kitob tusiga kirituvchi g`oyat murakkab, mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli vazifani bajaruvchi shaxs - kotib bo’lgan. O’rta asr tarixida va u davrdagi madaniy hayotda kitobatlik hunari eng sharafli va muqaddas vazifa hisoblangan. Avvalo kotibning savodli bo’lishining o’zi feodalizm sharoitida ko’p vaqt hokimlar, amirlar savodsiz bo’lgan bir paytda kotibning mavqe yuqori yuqori bo`lgan. Ikkinchidan, kotib kitobat qilish munosabati bilan har bir ko’chirgan kitobning mazmunini o’zlashtira borgan. Shuning natijasida haqiqiy kotib o’z zamonasining ilm-ma’rifat egalari qatoridan joy olgan. Demak, o’rta asr Sharq mamlakatlarida kitob ko’chirish bilan shug`ullangan xattotlarni biz oddiy ko’chiruvchilik vazifasini bajaruvchi shaxs deb emas, balki har bir xattotni o’z zamonasining o’qimishli ma’rifatparvar, ilg`or ziyolisi va yirik madaniyat arbobi deb tushunishimiz kerak.

Arab yozuvi O’rta Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan. Shu sababli arab mamlakatlaridagi va shuningdek, O’rta Osiyodagi bir guruh xattotlar Qur’on hamda diniy kitoblarni ko’chirish bilan shug`ullanganlar. O’z zamonasida nihoyatda muqaddas hisoblangan «kalomi sharif», din, shariat haqidagi kitoblarni ko’chirish vazifasi har kimning qo’lidan kelavermagan.

Bulardan tashqari tarixdan yana shu narsa ma’lumki, o’rta asrlar yashagan bir qancha olim, shoir va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Bunday ulug` zotlar faqat o’z asarlarinigina kitobat qilmasdan, balki boshqa mualliflar asarini ham ko’chirganlar. Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko’chirgan. Temuriy bolalaridan bir nechalari (Boysunqur Mirzo, G`olib Mirzo, Badiuzzamon) kitobat bilan shug`ullanganlar. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Mirzo Bobur arab grafikasining turkiy xalqlarga moslab isloh qilingan engil yozuv «xatti boburiy»ni ijod etgan. Munis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida «Savodi ta’lim» nomli risola yozgan va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini nihoyatda go’zal xat bilan ko’chirgan. Nihoyat, Buxoro xattotlik maktabining so’ngi vakillaridan XIX asrning buyuk olimi, ensiklopedik aql egasi Ahmad Donish o’ndan ortiq zebo qo’lyozmalarni ko’chirib qoldirgan.



Ibn Bavvobning xat san’ati haqidagi risolasidagi asosiy g`oyalar keyinchalik juda ko’p risolalarda taraqqiy ettiriladi va yangi amaliy maslahatlar, nazariy fikrlar bilan boyitiladi.

Biroq Ibn Bavvob ixtiro etgan xat namunalari haqida hech qanday aniq ma’lumot yo’q. Faqat XV asrning II yarmida yashab 908/1502-03 yilda vafot etgan arab xattotlaridan Muhammad bin Hasan al-Tibiy o’zining risolasida Ibn Bavvob Tomonidan 17 xil xat ixtiro etilganligini bayon qiladi hamda bu 17 xil xatni Ibn Bavvob yozgan mo’tabar nusxalardan ko’chirib, ularning nomlarini birma-bir ko’rsatadi. Muhammad Bin Xasan al-Tibbiy risolasini arab olimlaridan doktor Salohiddin al-Munajjid 908/1502-03 yilda ko’chirilgan nusxasini 1962- yilda faksimal shaklida nashr qildirgan va unga katta so’z boshi yozgan.

Mazkur risola orqali biz Ibn Bavvobga nisbat berilgan xat namunalari bilan tanishish imkoniga egamiz.

Arab xatining husnixatdagi eng muhim qoidalari va turlarini mashhur ixtirochi Ibn Bavvob 36 tur xatdan tubandagi 16 turini Ibn Muqladan keyin ixtiro qilnganligi va takomillashtirganini XVI asr (1519 yil)da yashagan ulug` xattot Muhammad binni Hasan Tibiy o’zining «Jome’i mahosini kitobat ul-kuttab» nomli asarida Ibn Bavvob usulidan suratlarini yozib ko’rsatgan.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qolyozmalar fondida mavjud minglab kitoblar va kitobat san’ati, husnixat to’g`risidagi qator risolalarda berilgan ma’lumotlardan husnixat san’ati O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyat tarixida yetakchi ro’l o’ynagan san’atlardan bo’lgan degan xulosa chiqarish mumkin.

O’rta Osiyoda xattotlik san’atinining keng taraqqiyoti Temur va Temuriylar davridan boshlanadi. Husnixat san’ati dastlab Xuroson poytaxti Hirotda rivojlanib, u yerda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topadi. Maktabning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda, asosan, XIV asrda Mir Ali Tabriziy yaratgan nasta’liq xati uslubi Sulton Ali tomonidan takomillashtiriladi. Bu uslub yirik va mayda nasta’liq kitobat ishlarida keng qo’llanib, badiiy va tarixiy asarlar faqat nasta’liq xatida kitobat qilingan. Diniy va ba’zi ilmiy asarlar esa nasx xatida ko’chirilgan. Kofiy, riqo, suls va nasx xatlari esa ko’proq me’morchilik, naqqoshlik san’atida va Sharq epigrafiyasida ishlatilgan.

Xattotlik san'atini rivojlantirishda Ibn Muqla, Ibn Bavvob va Yoqut Musta'simiy bilan bir qatorda XV asrning mashhur xushnavisi Sultonali Mashhadiyning ham xizmatlari kattadir. Uning «Odob ul-mashq» risolasida birinchi bor chiroyli yozuvga o`rgatishning ikki usuli - nazariy va qalamiy usullari bayon etilgan. Nazariy usul o`tgan ustozlar yozuvini o`rganish va mushohada etishni taqozo etsa, qalamiy usul chiroyli nusxaga qarab payvasta mashq qilishni talab etadi.

Hushnavislar aksari ikki tarzda jalliy va xalfiy tarzda yozadilar. Odatda xalfiy mashqi kunduzgi, jalliy mashqi kechasi amalga oshirilar edi. Chunki xalfiy xati kichik yozilsa, jalliy yozuvi katta-katta yozilar edi. Ko`pgina kitoblarning hoshiyalarida xalfiy xatida kitobat qilingan yozuvlarni ko`ramiz. O`rta asrlarda har bir hushnavis hech bo`lmaganda uch xil yozuvda - suls, nasx, nasta'liq yozuvlarida mashq qilar edilar.




Download 15,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish