XIII-XIV asrlarda mo’g`ullar O’rta Osiyoni vayron qilib, obod shaharlarni xarobaga aylantiradilar. Madaniy yodgorliklar parchalanib, ilm-fan xazinasi bo’lgan minglab qo‘lyozma kitoblar gulxanlarda kuydiriladi. Mo’g`ul bosqinchilari qancha barbod qilmasinlar, ijodkor xalq o’z madaniy merosini ardoqlaydi, eng og`ir va mashaqqatli hollarda madaniy hayot olg`a tomon boraveradi.
XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida o’rta Osiyo feodalizm jamiyatida qisqa muddatli bo‘lsa ham markazlashgan feodal davlati joriy qilinib, mamlakat hayotida iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalish ro’y berdi. Ayniqsa, XV asr Hirotda, Samarqandda o’rta Osiyo xalqlari madaniyati o’zining eng porloq davrini boshidan kechirdi. Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xondamir, Behzod, Sulton Ali va Mirzo Bobir bu davrning aql egalaridan bo’lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |