Tavsifnoma
Tavsifnoma - ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyatini, shuningdek, uning o‘ziga xos xislati va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarda ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirishda va boshqalar) beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanlik va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
a) ismi, otasining ismi va familiyasi;
b) tug'ilgan yili;
d) millati;
e) ma’lumoti;
f) lavozimi;
j) ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo‘tsa);
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma)
3. Matn.
4. Imzolar
5. Sana
6. Muhr
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko'rsatish mumkin.
Birinchi qismda mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya'ni uning mutaxassisligi, ayni shu korxona yoki tashkilotda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, bilimlarini oshirish, jamoat ishlaridagi ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto, ba’zida siyrati, ishdagi hamkasblariga munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovar boMganligi va boshqa asosiy rag‘batlantrishlar berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi.
Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko'rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tililan bayon qilinadi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra muassasa boshlig'i, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo'natiladi.
Tavsisfnomalarning ishlab chiqarish tavsifnomasi, tavsifiy tavsifnoma,
xizmat tavsifnomasi kabi turlan mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari
jihatidan o‘zaro farqlanadi.
Tavsifnoma namunasi
TATU Kompyuter injiniring
fakulteti 2- kurs talabasi
Akbar Rasulovga
Tavsifnoma
Akbar Rasulov o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugat- gach, 2019 - yilda 0‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetiga hujjat topshirdi va test savollaridan yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilindi.
0‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qatnasha boshladi. Universitet «Zukkolar klubi» a’zosi sifatida talabalar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami o‘tkazdi. U ingliz tilini yaxshi biladi, erkin gaplasha oladi. Bu tildagi ilmiy ma’ruzalari bilan chet mamlakatlarda o‘tkazilgan ikkita anjumanda qatnashdi. «0‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining huquqiy asoslari» mavzusidagi ma’ruzasi Buyuk Britaniyaning Manchestr universiteti rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
U — yaxshi sportchi. Milliy kurash bo‘yicha bir qancha musobaqalar sovrindori.
Akbar Rasulov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqtidorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro'ga ega.
U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va huquqiy saviyasini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydi.
A. Rasulov — kamtarin, to‘g‘ri so‘z, do‘stlarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon.
Tavsifnoma «Umid» jamg'armasi tashkil etgan Buyuk Britaniya Manchestr universitetiga talabalikka yuborish uchun o‘tkazilayotgan tanlov tashkiliy hay’atiga taqdim etildi.
Dekan (F.I) (imzo)
Kasaba uyushmasi raisi (F.I) (imzo)
(muhr) (sana)
Bayonnoma
Turli yig‘ilish, kengash va boshqa turli anjumanlaming borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘mi, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘gri qabul qilinganligini tekshirish va uning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar ilmiy kengash, hay’at va boshqalar, shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar konferensiyalar, yig'ilishlar, komissiyalar faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak.
Bayonnoma yozib olinishiga ko‘ra, qisqa, to'liq, stenografik, konspektiv
va fonografik shakllarda bo‘lishi mumkin. Qisqa bayonnomada faqatgina kun
tartibi, ma’ruzachi va muzokara qatnashuvchilarning familiyasi va qabui qilingan qaror ko‘rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsii bayon qilinmaydi. Bayonnomaning to‘liq shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha tashkilot yoki organning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Yig‘ilish stenografiyalashtirilayotgan (stenografik) yoki magnitafon yordamida yozib olinayotgan (fonografik) bolsa, qisqa bayonnoma tuzilib,
stenogramma raisi va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova
qiiinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘ilishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
4. Yig‘ilish sanasi.
5. Shartli raqami
6. Yig‘ilish joyi.
7. Tasdiqlash usthati (agar bayonnoma tasdiqianishi zarur bo‘lsa)
8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn:
a) qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni;
b) kun tartibi;
d) eshitildi;
g) so‘zga chiqdilar;
f) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa)
11. Imzolar
Bayonnoma namunasi
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi xorijiy tillar akademik litseyining 2- bosqich «А» guruhi talabalari yig‘ilishining
3- bayonnomasi
2003- yil 10.02 Toshkent shahri
RAIS - I. HASANOV
KOTIBA - M. MUSLIMOVA
QATNASHDILAR: 24 TALABA
KUN TARTIBI
1. Qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida turgan asosiy vazifalar. Guruh yetakchisi N.Yusupov axboroti.
2. Navro‘z bayramiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida S.Hakimov axboroti.
1. ESHITILDI: N.Yusupov qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida turgan galdagi vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: A.Safarov, M.Ravshanov, T.Umarova.
QAROR QILINDI:
1) qishki imtihon sessiyasi haqidagi N.Yusupov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2) talabalaming galdagi vazifalari belgilab berilsin.
2. ESHITILDI: S.Hakimov Navro‘z bayramiga tayyor¬garlikning borishi to‘g‘risida axborot berdi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: U.Usmonov, O.Rasulova, K.Azizova
QAROR QILINDI:
1) S.Hakimov Navro'z bayramiga tayyorgarlikning borishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2) Navro'z bayramiga tayyorgarlik kuchaytirilsin.
Rais (imzo) I. Hasanov
Kotib (imzo) M. Muslimova
Rezyume
Rezyume fransuzcha “résumé” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tug‘ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o‘tish.
Rezyume namunasi:
Alloma Kamolova
Toshkent sh., Firdavs mavzesi, Shahrisabz ko'chasi 7-uy.
Tel: +998902220000; Alloma.kamalova@mail.uz
Qisqacha mazmun: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal bilaman. 2008 yilda Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlaganman va ilmiy darajaga egaman.
Ma’lumot:
2006-2008 Magistr, Biznesni boshqarish. O'zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko'chasi. www.nuu.uz. Fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat) Makroiqtisodiyot (25 soat)
2002-2006 Bakalavr, Menejment. Farg'ona Politexnika Instituti. Farg'ona shahri, Farg'ona ko'chasi 86-uy. www.ferpi.uz
Ish tajribasi:
25.01.2011 – 10.02.2014 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol yoshlar”, Toshkent sh., Shaxrisabz ko'chasi 1-uy. Tel: 267-00-00
· Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
· BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari” mavzusi bo'yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy hisobotini yozishda ko'maklashganman.
· Loyihaning chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.
01.06.2008 – 28.12.2011 Dastur yordamchisi, Mahalliy rivojlanish markazi, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 165-uy, Toshkent. Tel: 237-90-00
· Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida mahalliy tadbirlarni tashkil qilishda yordam berish: tarqatma materiallarni tayyorlash; treninglar uchun o'quv zallarini tayyorlash;
· Tadbirlar va yangi loyihalar uchun yoshlarning ijtimoiy ehtiyojlari to'g'risida axborot yig'ish va kichik izlanishlar olib borish;
· Uchrashuvlarning hisobotini yozib borish.
Xorijiy tillar: Ingliz va rus tillarida to'liq yozish, o'qish va muloqot qila olish.
Kompyuter dasturlari: Windows 7; Microsoft Office 2008 (Power Point, Word, Excel); Internet
Qo'shimcha kurslar: 2011, Toshkent menejment markazi tomonidan tashkil qilingan 6-haftalik “Loyiha tuzish va boshqarish kursi”ni muvaffaqiyatli tamomlaganman.
Yutuqlar: 2008 O'zbekiston Respublikasi Presidentining davlat stipendiyasi sohibasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |