Tavakkalchilikni pasaytirishda sug’urtaning ahamiyati reja : kirish



Download 0,49 Mb.
bet1/13
Sana14.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#800059
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

TAVAKKALCHILIKNI PASAYTIRISHDA SUG’URTANING AHAMIYATI
REJA :
KIRISH
1. Tavakkalchilik tushunchasi va o’lchovi………………………......….5
2. Sug’urtaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati……………………….10
3. Sug’urta turkumlashtirish asoslari……………………………………14
4. Boshqaruv ilmida tavakkalchilik tushunchasi va uning
nazariy jihatlari…………………………………………………..……….15
5. Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishgaturli yondashuvlar……………………………………………………………...28
6. Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishning xorij tajribasi……..…38
Xulosa………………………………………………………..….42
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….45
Davriy nashrlar, statistic to’plamlar va hisobotlar…………………….49
KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy tavakkalchilikni hisobga olish va baholash boshqaruv nazariyasi va amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida mustaqil nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Aksariyat boshqaruv qarorlarining tavakkalchilik sharoitida qabul qilinishi to„liq axborotlarning mavjud emasligi, o’zaro qarama-qarshi g’oyalar, ehtimollik elementlari va boshqa shu kabi ko„plab omillarga bog’lq bo’ladi.
Ma‟lumki, tadbirkorlik olamidagi yutuqlar ko’p hollarda tadbirkorlik faoliyatining tanlangan strategiyasini qanchalik darajada to’g’ri va asosli ekanligiga bog„liqdir. Bunda jiddiy vaziyatlar hisobga olinishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini esa tavakkalchiliksiz tasavvur etish iqtisodiy savodsizlikning bir ko’rinishi bo’ladi deb o’ylaymiz. Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to‟g‟risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas’uliyat va o„zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo„naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati deb ta’rif beriladi.
Ko’p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jo’shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi.
Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo’lib, to’liq asosli holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat yutuqlarini ta‟minlash uchun o’z xatti-harakatlarini takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o’zgartirishga, narx, iste‟molchilar doirasi va boshqa ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi.

Muammolar yechimining turli yo„llarini topish, tanlash va o„zgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo„ladi. Shu sabab


tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo„ladi. Biznesni tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas.
Tavakkalchilikning kuchayishi – bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining
aksi bo„lib, buning uchun o„ziga xos to„lov hamdir. Bozor munosabatlari sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo„shqin harakatga tayaniladi, bu esa o„z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Ma‟lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo’yicha o’z oldimizga katta maqsadlar qo’yganmiz” 1.
Demak, bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi.
Tadbirkorlikning bosh xislati tavakkalchilikdan qochmaslikda, balki uni oldindan ko„ra bilishda va uni eng past darajagacha pasaytira olishda namoyon bo„ladi.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish