Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O‘MKTMTYKM
va OTYMK bo‘yicha kodi
|
2288
|
OTM
prorektori
|
1210
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimlarning
qo‘llanish
sohasiga ko‘ra
|
YoShLAR BILAN IShLASh BO‘YIChA PROREKTOR
LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, filial Kengashi qarorlarini, filial rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
Filial tuzilmasi bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysinuvchi bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
Filialda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishlarni tashkil etish va yetuk, barkamol malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Filialda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar mohiyatini tushuntirish va ularda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida uslubiy va zamonaviy axborot vositalarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Filialda ta’lim-tarbiya jarayonining zamonaviy shakllarini, shu jumladan axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ma’naviy va ma’rifiy yo‘nalishi bo‘yicha rektorga takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
Fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarning ma’naviy- ma’rifiy yo‘nalishdagi ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Filial fakultet, kafedra va bo‘limlarining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyatlari yuzasidan Kengash yig‘ilishlarida reja asosida xisobot berish;
Talabalar turar joyida yashovchi va xonadonlarda ijarada turuvchi talabalar o‘rtasida doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy tushintirish ishlarini tashkil qilish va nazorat qilish;
Talabalar o‘rtasida xuquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyoxvandlik, diniy ekstremizm xolatlarini oldini olish yuzasidan xuquqni muxofaza qilish organlari bilan xamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
“Ma’naviyat soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra kuni” tadbirlarini reja asosida sifatli o‘tkazilishini va professor-o‘qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishi bo‘yicha shaxsiy rejalari bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
Ma’naviy – ma’rifiy konferensiyalarni tashkil etish, filial ma’naviyat va ma’rifat kengashi foliyatiga rahbarlik qilish;
Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
Filial binolari, kafedralar va talabalar turar joylaridagi Ma’naviyat va ma’rifat xonalarini belgilangan tartibda jixozlanishi va ulardan unumli foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;
Mexnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rish, ular bilan mexnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;
Fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar taqdim etish;
Filialda faoliyat ko‘rsatayotgan jamoat tashkilotlari va murabbiylar kengashi faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturlari va yoshlar siyosatiga oid Dasturlarni ijrosini ta’minlash va belgilangan tartibda yuqori tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
Filialning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo‘yicha xisobotlarni taxlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
Filialning barcha binolari va talabalar turar joylarida professor-o‘qituvchilar xamda xodimlarning navbatchilik jadvallarini tasdiqlash va nazorat qilish;
Filial rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki qabulini amalga oshirish xamda murojaatlarni ko‘rib chiqish;
Filial Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |