ToshDAU Termiz filiali Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya” kafedrasi yig‘ilishining
№ -raqamli
16.03.2022 yil
Termiz tumani
Rais -S.X.Ishimov
Kotiba –X.O’tayeva
Qatnashdi : 13 kishi
Kun tartibi:
1.Kafedra o‘qituvchilarining tartib-intizomi masalasi. (Kafedra mudiri)
2.Ochiq darslar muhokamasi; q.x.f.n S.Ishimov (Axborot)
3.Kafedra a’zolari va talabalarining “Navro‘z” bayramiga tayyorgarligi masalasi. (Kuratorlar hisoboti va kafedra mudiri)
4.Kafedra o‘qituvchilarining talabalar turar joylarida olib borayotgan ishlari. (Guruh murabbiylari).
5.Har xil masalalar
1.Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala bo’yicha kafedra mudiri S.Ishimov so’zga chiqib o‘qituvchilarni tartib intizomi va talabalargi o‘rnak bo‘luvchi eteka va estetikani o‘zlarida mujasamlashtirib namuna bo‘lish darajasiga yetishni takidlab o‘tdi. 2021-2022 o’quv yilida kafedra ochiq darslarni muntazam ravishda o‘tkazilishi talabalarning bilim va malakasini oshirishda va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ko‘nikmalar xosil kilishda amaliy yordamlashish takidlab o‘tildi Kafedra mudiri S.Ishimov, katta o’qituvchilar N.Jalilon, I.Abdullayev, assistentlar A.Diyorov, X.Ismaylov, T.Xolbekov, Ch.Amanov, E.Raxmonov, A.Choriyev, A.Abrayev, B.Karimov, A.Abduraxmonov, D.To’rayev, Sh.Ishmuratov, Z.Bo’riyev, O.Xolmurodovlarga yuklatilgan bo’lib, hozirgi kunda fakultet dars jadvaliga qo’yilgan va o’tib kelinmoqda.
So‘zga chiqdi:
Kafedraning fan kabinetlari jihozlanishi to’g’risida kafedraning kata o’qituvchisi I.Abdullayev so’zga chiqib, o’quv-uslubiy majmualarning testlar bazasini mezonlarini qayta ko’rib chiqish kerakligini va kafedra fan kabinetlarini fanga oid turli plakatlar bilan jihozlashni tushuntirib o’tdi.
Kafedra-professor o’qituvchilarining ishga o’z vaqtida kelib ketishlari va har bir o’qituvchi o’ziga biriktirilgan guruhlarning davomatini, tartib intizom va kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor berish kerakligini kafedra mudiri S.Ishimov ta’kidlab o’tdilar.
Uzoq yillardan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan kafedramizda ishlab kelayotgan Ch.Omonovning sog‘ligi yomonlashgani tufayli, Omonov Ch ning yuklanmasidagi o‘tilayotgan dars soatlarini amaliy yordam ko‘rsatish maqsvdida kafedra o‘qituvchilari A.Diyarov X.Ismoilov T.Xolbekov katta o‘qituvchi N.Jalilov A. Abraevlarga vaqtincha o‘tib turish uchun taqsimlab berildi.
Qaror qilindi:
1. Kafedra o’quv yuklamasining bajarilishi va darslarning o’tilishi yaxshi deb topilsin va Ch.Omonovning darsi taqsimlangan o‘qituvchilarning dars o‘tishi nazoratga olinsin.
2. O’quv-uslubiy majmualarning testlar bazasi takomillashtirilsin va baholash mezonlari qayta ko’rib chiqilsin.
3. Kafedra-professor o’qituvchilarining ishga o’z vaqtida kelib ketishlari va har bir o’qituvchi o’ziga biriktirilgan guruhlarning davomati qatiy nazorat qilinsin.
3.Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |