Assalomu alaykum!
Men Dif 320-20 talabasi Marufxonov Ismatillo. Menda kredit sistem TUIT ga shikoyatim bor edi 11.07.2021 kuni men ingiliz tilidan imtihon topshirishim kerak edi lekin sog'lig'im yomonlashgani sabab yani covid 19 kasalligiga emlanganimdan keyin Vaksinaning aksi tasiri ko'rsatilindi va meni sog'lig'im yomonlashib imtihonni o'tqazib yubordim o'sha kuniyoq kuratorim va dekanat habar topgan telefon qilib aytganman. Ertasiga men holim bo'lmay kompyuter variantda arizani yozganman va topshirdim . Ertasiga zam dekanimiz qo'lyozma qilib ber dedilar va kasalliging to'g'risida asos keltir dedilar deb men ustiga ustak o'sha kuni maxallamiz shifokorlariham yuq ekan 14.07.2021 kuni asoslar bilan arizani tashladim kech deyishdi 15.07.2021 kuni ingiliz tilidan appelyatsiyaga kirsam seni arizang kelmagan deyishyapti ahir og'zaki bo'lsaham aytdimku o'sha kuni kasal holimda men doxtir ma do'xtir yugurib spravka so'rashga sog'lig'im javob bermasdiku endi esa 1 kun ichida ariza topshirish kerak edi debyishyapti iltimos bu masalani ijobiy hal qilishda amaliy yordam berishingizni so'rayman
Aziz talaba, sizning murojaatingizga ko‘ra quyidagilarni ma`lum qilamiz:
Haqiqatdan ham siz tomondan elektron shaklda (imzo qo‘yilmagan, rektorni nomiga yozilmagan) ariza mavjud. Covid-19 ga qarshi vaksina olganligingiz haqidagi shifokor tomonidan berilgan ma'lumotnoma ham telegram orqali 2021 yil 14 iyul kuni dekan muovini (A.Usmonov)ga guruh murabbiyingiz Xayitmetov Adham tomonidan telegram orqali yuborilgan. Dekan muovini guruh murabbiyiga arizani universitet rektori nomiga tegishli tartibda yozilishi, arizaga imzo qo‘yilishi kerakligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga 2021 yil 12 iyul kuni soat 9:00 dan 11:00 gacha (ya’ni imtixon topshirilgan davr uchun) sog'ligingiz yomonlashgani haqida shifokor ma'lumotnomasini jo'natishingiz kerakligini aytgan.
Siz tomondan taqdim etilgan Covid-19 ga qarshi vaksina olganligingiz to‘g‘risidagi shifokor tomonidan berilgan ma'lumotnomani o'rganilganda, quyidagi nomutanosibliklar borligi aniqlandi:
1) Arizada yozilishicha siz 2021 y. 11 iyul kuni vaksina olgansiz va 2021 y. 12 iyul kuni salomatligingiz yomonlashgani sababli, soat 9:00 dan 11:00 gacha bo‘lib o‘tgan xorijiy til fanidan yakuniy nazorat imtihoniga qatnasha olmagansiz.
2) Shifokor tomonidan berilgan ma'lumotnomaga ko'ra siz 2021 y. 13 iyul kuni vaksina olgansiz va shifokor bu ma’lumotni o‘tib ketgan sana ya'ni 2021 y. 11 iyul kuni bilan tasdiqlab bermoqda.
Yuqorida keltirilgan holatga ko‘ra sizning murojaatingiz asossiz deb topildi.
Asos: Sizning elektron shaklda yuborgan arizangiz (imzo qo‘yilmagan, rektorni nomiga yozilmagan) va Covid-19 ga qarshi vaksina olganligiz tug'risidagi shifokor tomonidan berilgan ma'lumotnoma ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |