Klassifikator bo’yicha:
№
|
Lavozimlar
nomi
|
MMSK
bo’yicha
kod
|
Xodimlar
toifasi
|
Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O’MKTMTYKM
va OTYMK bo’yicha kodi
|
695.
|
Bosh mutaxassis
|
1212
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimlarning
qo’llanish
sohasiga ko’ra
|
YURISKONSULT (KATTA YURISKONSULT) LAVOZIM VAZIFALARI:
Filialda yuridik xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil qilish;
Filial rektoriga taqdim etiladigan barcha turdagi xo‘jalik shartnomalarini o‘rganib chiqish, imzolash va shartnoma summasi eng kam ish haqining 200 barobaridan ortiq bo‘lganda yozma ravishda xulosa berish;
Filialning huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish, normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;
Filial professor-o‘qituvchi va boshqa xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish, Filial ma’muriyati va dekanatlar, kafedralar va bo‘limlarning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish;
Filialning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish;
Sudlarda va boshqa idoralarda filialning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish;
Filial xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga filial faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashish, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berish;
Filial rektoriga taqdim qilinayotgan xuquqiy tusdagi barcha buyruqlar, farmoyishlar, topshiriqnomalar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yish;
Fuqarolarning va filial xodimlarining xuquqiy masalalar bo‘yicha qabul qilish, ularga xuquqiy maslaxatlar berish;
Filialning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘rish, filial rektoriga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritish;
Filial rektori uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
Filial ma’muriyati va dekanatlar, kafedralar va bo‘limlarning mansabdor shaxslarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritish, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda qatnashish;
Filial faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirish;
Filialga kelib tushgan va filialning o‘zi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy xujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini ta’minlash;
Filial va uning tizimiga kiruvchi kafedra va bo‘limlarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar kiritish, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
Axborot kommunikasiya texnologiyalarini puxta bilish;
Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |