Malaka talablari:
Oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik jihatidan) ega bo‘lishi;
Ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy- huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi ;
Pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;
Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;
O‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun - mohiyatini tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlashga qo‘yilgan talablarni bilishi;
O‘zbek tilini mukammal, rus va xorijiy tillardan birini yetarli darajada bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);
Ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozim nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
2457
|
Mutaxassis
|
2114
|
M
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimlarning qo‘llanish sohasiga ko‘ra
|
ILMIY TADQIQOT ISHLARI MUHANDISI LAVOZIM VAZIFALARI
Oliy ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura va doktorantura faoliyatini nazorat etish va muvofiqlashtirish, qabul ko’rsatkichlarini rejalashtirish, tayanch doktorantura va doktorantura tarmog’ini kengaytirish bo’yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqadi;
Ilmiy jurnallar ta’sis etish, ixtisoslashtirilgan kengashlar ochish haqida tavsiyalar berish va takliflar ishlab chiqadi;
Oliy ta’lim muassasalaridagi fan doktorlari va nomzodlari haqida ma’lumotlar bankini yaratadi;
Oliy ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlarning yillik rejalarini shakllantirish va ularni belgilangan tarzda tasdiqlashga oid hujjatlarni tayyorlaydi;
Tasarrufdagi oliy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan ilmiy- texnologik ishlanmalarni Innovasion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar Respublika yarmarkasidagi ishtirokini ta’minlash va tegishli sohalarga joriy qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ish taqsimotida yuklangan vazifalar bo’yicha hujjatlar loyihasini tayyorlash, topshirilgan vazifalarning oliy ta’lim muassasalarida bajarilishi nazoratini olib boradi;
O’zining ish taqsimoti yo’nalishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarning bajarilishi holati haqida oliy ta’lim muassasalaridan axborot oladi va umumlashtiradi;
Oliy ta’lim muassasalaridan va boshqa tashkilotlardan kelgan hujjatlarni o’rganadi, ularning natijalari yuzasidan javob xatlari (zaruriy tahliliy materiallar)ni tayyorlaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga tegishliligi bo’yicha javoblar tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |