Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, filial rektori buyruqlari mohiyatini anglash.
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozimlar
nomi
|
MMSK
bo‘yicha
kod
|
Xodimlar
toifasi
|
Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O‘MKTMTYKM
va OTYMK bo‘yicha kodi
|
1946.
|
Bo‘lim boshlig’i
|
1229
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimlarning
qo‘llanish
sohasiga ko‘ra
|
REJA VA MOLIYa BO‘LIMI IQTISODChISI (1-TOIFALI) LAVOZIM VAZIFALARI:
Filialning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo‘yicha tahlil etish;
Smetada ko‘rsatilgan mablag’lardan maqsadli, to‘g’ri va samarali foydalanishni, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
Ma’muriyat va xo‘jalik bo‘limi xodimlari ro‘yxati joylashgan kitobni olib borish, xodimlarga tegishli bo‘lgan buyruqlarini kiritish va xodimlar bo‘limi bilan taqqoslash;
1-T (mexnat) shakli bo‘yicha oylik va yillik xisobotlarni tayyorlash va belgilangan muddatlarda statistika organlariga bo‘lim boshlig’i va rektor imzosi bilan taqdim etib borish;
1-xizmatlar shakli oylik va yillik xisobotlarini tayyorlash va belgilangan muddatlarda viloyat va shaxar statistika organlariga, viloyat sog’likni saqlash boshqarmasiga bo‘lim boshlig’i va rektor imzosi bilan taqdim etib borish;
Chorak, yillik byudjet hisobotlarini ilovalari bilan (kontingentlar bo‘yicha, fond ish haqi) har oyda tayyorlash va bo‘lim boshlig’iga taqdim etib borish;
Har oyda filial xodimlarining oylik ish xaqlari tabelini olish, xisobot uchun ish soatlari, asosiy va o‘rindoshlar ish birliklarini xisoblash va buxgalteriya bo‘limiga topshirish;
Oylik ish xaqlari oshishi munosabati bilan ma’muriyat va xo‘jalik bo‘limi xodimlarini, katta ilmiy xodimlarni tarifikasiyasini, byudjet bo‘yicha shtat jadvalini tayyorlash va byudjet stipendiya miqdorlarini xisoblash va boshqa xarajatlarni tayyorlash;
Bo‘lim boshlig’ining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |