Tavsifnoma
TATU Kompyuter injiniring
fakulteti 1- kurs talabasi
Murtozaqulov Shaxzodga
Tavsifnoma
Shaxzod Murtozaqulov o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatgach, 2019 - yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakultetiga hujjat topshirdi va test savollaridan yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilindi.
O‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qatnasha boshladi.U dasturlash tillarini yaxshi biladi. Dasturchilar o’rtasida bo’lib o’tgan Butun Jaxon musobaqasida faxirli o’rinni egallagan. U — yaxshi sportchi. Stol tennis, Shaxmat kabi bir qancha musobaqalar sovrindori.
Shaxzod Murtozaqulov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqtidorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro'ga ega.
Sh. Murtozaqulov — kamtarin, to‘g‘ri so‘z, do‘stlarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon.
Tavsifnoma Microsoft kompaniyasiga ishga kirish bo’yicha o’tkazilayotgan tanlov hay’atiga taqdim etildi.
Dekan: Teshabayev To’lqin (imzo)
Kasaba uyushmasi raisi: Umarov Xayrulla (imzo)
(muhr) (sana)
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1- bosqich 213-19 guruh talabalari yig‘ilishining
1- bayonnomasi
2019- yil 10.28 Toshkent shahri
RAIS – Yaxshibayev Doniyor Sultonboyevich
KOTIBA – Shaxnoza Olimjonova
QATNASHDILAR: 24 TALABA
KUN TARTIBI
Qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida turgan asosiy vazifalar. Guruh yetakchisi Shirinboyev Shaxboz axboroti.
ESHITILDI: Shirinboyev Shaxboz qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida turgan galdagi vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: I.Foziljonov, Sh.Shirinboyev, S.Ma’rufjonova.
QAROR QILINDI:
1) qishki imtihon sessiyasi haqidagi Shaxboz Shirinboyev axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2) talabalaming galdagi vazifalari belgilab berilsin.
Rais (imzo) Yaxshiboyev Doniyor
Kotib (imzo) Shaxnoza Olimjonova
Murtozaqulov Shaxzod
Toshkent sh., Yunusobod tumani, Bog’i Shamol ko'chasi 7-uy.
Tel: +998999971806; shaxzodmurtozaqulov@gmail.com
Qisqacha mazmun: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal bilaman. 2019 yilda Kompyuter tarmoqlarini boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlaganman va ilmiy darajaga egaman.
Ma’lumot:
2017-2019 Magistr, Kompyuter tarmoqlarini boshqarish. Toshkent axborot texnalogiyalari Universiteti. Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog’i shamol ko'chasi. www.tuit.uz. Fanlar: Kompyuter tarmoqlarini tuzish va boshqarish (22 soat) Kiberxavfsizlik (25 soat)
2013-2017 Bakalavr, Toshkent axborot tenalogiyalari unversiteti . Toshkent shahri, Bog’i shamol ko’chasi 7-uy. www.tuit.uz
Ish tajribasi:
- Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
· TATU va Koreya davlati o’rtasida o’tkazilgan yoshlarni dasturlashga jalb qilish loyihasida faol qatnashganman.
· Loyihaning chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.
01.06.2015 – 28.12.2018 Dastur yordamchisi, Mahalliy rivojlanish markazi, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 165-uy, Toshkent. Tel: 237-90-00
· Tadbirlar va yangi loyihalar uchun yoshlarning ijtimoiy ehtiyojlari to'g'risida axborot yig'ish va kichik izlanishlar olib borish;
· Uchrashuvlarning hisobotini yozib borish.
Xorijiy tillar: Ingliz va rus tillarida to'liq yozish, o'qish va muloqot qila olish.
Kompyuter dasturlari: Windows 10; Microsoft Office 2013 (Power Point, Word, Excel); Internet;DevC++;
Yutuqlar: 2017 O'zbekiston Respublikasi Presidentining davlat stipendiyasi soxibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |