Tasvirlarda yashnar olam (tadbir senariysi) 1-boshlovchi


) Fransuz olimi va Davlat arbobi Gospar Monj



Download 31,98 Kb.
bet4/10
Sana12.04.2022
Hajmi31,98 Kb.
#546615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yashnar olam

8) Fransuz olimi va Davlat arbobi Gospar Monj o`z davrigacha chizmachilikka oid bo`lgan barcha bilimlarni umumlashtirib, 1799-yilda “Chizma geometriya” kitobini bosmadan chiqardi.Shundan beri chizma geometriya Monj metodi deb ham yuritiladi.
1-boshlovchi: Go`zal tuproq uzra quyildi oqshom,
Kunduzi olar dam.
Jo`shqin mushoira etadi davom,
Do`stim, kel sen ham!
Qay dil chamani boy, jozib nafasi,
Kimning fikri o`tkir, teran, bokira?
Bu gurung- shoirlar musobaqasi-
Sharq she`riy chamani, bu mushoira.
2-boshlovchi:Marhamat, 5-sinf o`quvchilari ijrosida go`zal bir raqsni tomosha qilib,
hordiq chiqaring.
2-boshlovchi: Kasblar ko`pdir dunyoda
Bir- biridan ziyoda.
Kasb- hunarni egallar,
Ishtiyoqqa egalar.
Orsuli bo`lsa yurak,
Bajo bo`lar har istak.
1-boshlovchi: Novbatni “Mehnating-baxting” nomli sahna ko`rinishiga beramiz.
Sahna ko`rinishi:
–O`g`illarim, ho o`g`illarim.
-Labbay otajon.Assalomu-alaykum.
-Voalaykum-assalom, o`tiringlar, sizlarga muhim gapim bor.
-Xo`p bo`ladi, otajon.
-Bolalarim, nazarimda vaqti soatim bitgan ko`rinadi.Sizlarga yaxshi tarbiya berdimu, ammo sharoit tufayli o`qitib, yaxshi bir kasb egasi qila olmadim.Shundan juda afsusdaman.Ammo, qilgan xatoyimni tuzatmoqchiman.
-Qanday qilib otajon, biz hammamiz oilali odamlar bo`lsak, bizlarga endi kim hunar yoki bir kasb o`rgata oladi?
-O`rgatgan taqdirida ham qachon biz o`rganamizu, qachon ishlab pul topamiz?
-Oilamiz ungacha qanday kun ko`radi?
-Hovliqmang bolalarim, hovliqmang.Hammasini o`ylab qo`yganman.Siz va oilangiz hech qachon hech narsaga zoriqmaysizlar.
-Tezroq ayta qoling unda.
-Uyimiz orqasidagi quriy boshlagan bog`da barchangizga bir umrga etadigan tilla ko`mib qo`yganman.Ammo, aynan qayeriga ko`mganimni eslay olmayapman, qarichilikda bolalarim, qarilik.Agar uchovlon bir bol`ib, o`sha bog`dagi tillani izlab topsangiz, bir umr rohat-farog`atda yashaysiz.
-Tashvishlanmang otajon, biz hoziroq ishga tushamiz.
-Barakalla bolalarim, barakalla.
(Hammasi chiqib ketadi, uch o`g`il qo`lida ketmon bilan bog`da ishlashayapti)
-Otamiz tillani qayerga ko`mib qo`ygan ekanlar-a akalar?
-Nima farqi bor, o`sha tillani bugun bo`lmasa ertaga topib olarmiz.
-Gapga ovvora bo`lib, uzum tokini chopib qo`ymanglar tag`in.Ehtiyot bo`linglar.Bugunga etar, kech tushdi.Ishni ertaga davom ettiramiz.
(chiqib ketishadi)
-Akalar bir oyda beri butun bog`ni kovlabmizu, lekin tillani topa olmayapmiz.
-Topilib qolar.
-Qaranglar, shu bahonada bog`imiz biram ko`rkam bo`ldiki, bu chiroyni ko`rib, ishlagan saring ishlaging keladi-ya.
-Hormanglar bolalar,charchamayapsizlarmi?
-Assalomu-alaykum amaki yaxshimisiz?
-Yaxshi rahmat.Sizlarning oldingizga bir taklif bilan kelgandim.
-Xo`sh, qanday taklif ekan, amakijon?
-Mana, quriy boshlagan bog`ni ham gullab yashnatdingiz, sizga tarbiya bergan ota-onangizga rahmat.
-Rahmat amaki.
-Agar rozi bo`lsangiz, sizlar bilan shartnoma tuzsak.
-Qanday shartnoma, amaki?
-Xabaringiz bor chet el bilan hamkorlik qiladigan korxonam bor.Agar siz menga yetishtirgan hosilingizni sotsangiz, bir yillik hosilingiz ro`zg`or qilishingiz uchun ikki yilga yetadi.
-Rostanmi, amaki?
-Albatta.
-Biz rozimiz.(qo`l tashlashadi)
-Otajon, otajon.Sizga muhim yangiligimiz bor.
-Qanday yangilik ekan, bolam?
-Biz qo`shnimiz Farhod amaki bilan shartnoma tuzdik.
-Endi uchchalamiz har kuni bog`da ishlaymiz va hosildan kelgan foyda evaziga ro`zg`or tebratamiz.Ortgan pullarni yig`ib bog`ni yanada kengaytirishimiz ham mumkin.
-Barakalla o`g`illarim, barakalla.Nihoyat men aytgan tillani topibsizlar.Endi bir umr qilgan mehnatlaringiz rohatida yashaysizlar.

Download 31,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish