Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus


Mavzu asosida rasm ishlash



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

Mavzu asosida rasm ishlash
Mavzu asosida rasm ishlash darslarining asosiy mazmuni atrof- 
muhitda ro‘y berayotgan voqea va hodisalami tasvirlash va badiiy 
adabiyotlardan olingan qissa, hikoya va ertaklarga illyustratsiyalar 
ishlashdan iboratdir.
Mavzu asosida rasm ishlash-erkin rasm ishlash degani emas. 
Agarda “nimani xohlasangiz, nima qo‘lingizdan kelsa, nimani 
bilsangiz shuni chizing’’uslubida ish olib boriladigan bo‘Isa, bunday 
yondoshish mazkur mashg‘ulot turining o‘ziga xos qiymatini yo‘qqa 
chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida mavzu asosida rasm ishlash 
mashg‘ulotlarining yordamchi maktab o‘quvchilariga ko‘rsatadigan 
samarali natijasini yo‘q qilib yuborgan bo‘lardi. Chunki o‘quv- 
chilarga nazoratsiz erkin rasm chizdirish darsning tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi xususiyatini juda pasaytirib yuboradi.
I—II sinflarda o‘tkaziladigan mavzu asosida rasm ishlash 
mashg‘ulotlarining vazifasi o ‘quvchilami rangi va tuzilishi jihatidan 
juda sodda bo‘lgan predmetlarni chiza olishni o‘zlashtirishlarini 
ta’minlashdir. Masalan, bolalar archa o‘yinchoqlari, qor odam, qor 
qiz, akvariumdagi baliqchalar rasmini chizadilar, “Bo‘g‘irsoq”, “Ur 
to‘qmoq”, “No‘xotvoy” kabi ertaklarga rasm ishlaydilar.
Ill—IV sinflarga kelib esa o‘quvchilar oldiga predmetlaming 
tashqi ko‘rinishi o‘lchamlarini to‘g‘ri tasvirlay olish, uzoqdagi pred­
metlaming kuzatuvchiga nisbatan kichrayib borishi, bir predmetning 
ikkinchisi panalab qolganligini ifodalash orqali ulaming makonda 
joylashgan o‘rinlarini ifodalay olishlari muhim amallardan hi­
soblanadi.
37


Tasviriy san’at haqida suhbat
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek tasviriy san’at haqida suhbat 
darslari uchun I-III sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. Ular 
choraklarga bo‘lingan holda dars jarayonida o‘tkaziladi. IV sinfdan 
boshlab esa maxsus soatlar ajratiladi. Bu mashg‘ulot turining 
maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
- 0 ‘quvchilami suratlami kuzatishga o‘rgatish orqali ularda tas- 
virlangan narsalami sezish, his etish, tasawur qilishdan zavqla- 
nishini tarkib toptirish.
- 0 ‘quvchilaming ijobiy kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash orqali 
ulamiig estetik didini tarbiyalash, mustaqil fikrlash orqali ulaming 
estetik didini tarbiyalash, mustaqil fikrlashini rivojlantirish.
-Ulami suratlardagi ranglami sezish va bir-biridan farqlashga 
o ‘rgatish.
-Turli mavzuda voqea-hodisalar aks ettirilgan rasmlar vositasida 
o‘quvchilaming nutq madaniyatini rivojlantirish. San’atni idrok 
etish asosida ulaming estetik hissiyotini o‘stirish.
- 0 ‘quvchilami tasviriy san’at turlari bilan tanishtirish. Xalq 
san’ati ustalari ijodi haqida o‘quvchilarga kengroq tushuncha berish. 
Ularda o‘zbek xalqining dekorativ amaliy san’ati buyumlariga 
nisbatan mehr-muhabbatini, milliy kasb-hunarlarimizga bo‘lgan 
qiziqishini oshirish.
- 0 ‘quvchilami tasviriy san’at asarlari vositasida 0 ‘zbekiston 
xalqining o‘tmish hayoti, me’morchilik yodgorliklari bilan 
tanishtirish, ulami tasviriy san’atning badiiy mazmunini mustaqil 
ifoda etishga o‘rgatish. Shuningdek, ulami san’at asarlarini mustaqil 
kuzatib borish ko‘nikmasini shakllantirish orqali nafosatli etib 
tarbiyalash.
Tasviriy san’at darslariga sinflar taqsimoti bo‘yicha quyidagicha 
soatlar belgilangan.
I SINF (33 soat)
II SINF (34 s)
III SINF (34 soat)
IV SINF (34 soat)
Har bir sinf kesimida mashg‘ulot turi soatlari ularga mos 
namunaviy topshiriqlar hamda suhbat uchun mavzular berilgan
38


bo‘lib, o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va ular egallashi lozim 
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalami shakllantirishga qaratilgan 
vazifalar aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish