Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus


NY 10016. p-ioo( mazmun-mohiyati olindi)



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

NY 10016. p-ioo( mazmun-mohiyati olindi).
202


yordam beradi. Ekskursiyalami o‘tkazishning samaradorligi ulami 
to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘Iiq bo‘Iadi. Birinchi navbatda 
o‘qituvchining o‘zi ekskursiya o4kaziladigan joyni borib ko‘rishi 
lozim. Bog‘da yoki o‘rmonda qanday qushlar va hasharotlaming 
uchrashi, qanday o‘tsimon o‘simliklar, daraxtlar, butalaming o‘sishi, 
qanday mevalami bu yerda yig‘ib olish mumkinligini ham nazardan 
chetda qoldirmasligi kerak. Bu taxminiy tashrif o‘qituvchiga 
ekskursiyani o‘tkazish rejasini, uning yo‘nalishini tuzib olishga, 
bolalar uchun topshiriqlami aniqlab olishga yordam beradi.
Bolalaming ustaxonalarga borishlaridan oldin o‘qituvchining 
o‘zi u yerga borib kelishi, mehnat o‘qituvchisi bilan u o‘quvchilarga 
nimani ko‘rsatmoqchi ekanligi haqida suhbatlashib oladi. Har bir 
ekskursiyadan aw al o‘quvchilar bilan uning mavzusi va maqsadi 
haqida suhbat o‘tkaziladi,
Shunday qilib, 1 sinfda boqqa borishdan oldin o‘qituvchi bolalar- 
ni Tabiiy materialdan bo‘lgan ishlanmalarning bir nechtasi bilan 
tanishtiradi, shaklning nimani tasvirlayotganini taniy olishga, mate- 
rialni aniqlab olishga, bog‘da nimani va nima maqsadda terish ke- 
rakligini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari ekskursiyadan 
oldin tabiiy materiallami yig‘ish qoidalari to‘g‘risida ko‘rsatmalar 
berilishi lozim. Bu ko‘rsatmalar bir necha marta takrorlanadi, sababi 
1-sinf o‘quvchilari o‘z xotiralarida topshiriqni saqlab qololmaydilar 
va ko‘pincha unga mos boMmagan harakatni bajaradilar, shuningdek, 
zaruriy jihozlar (quti, gerbariy papkalari, qog‘oz va h.k.) ni oldindan 
tayyorlab qo‘yish va ekskursiyadan oldin javobgarlar o'rtasida uni 
taqsimlab olish o‘ta muhimdir. Har bir ekskursiyani tuzilgan reja 
asosida aniq o‘tkazish lozim, kutilayotgan narsaga ulaming 
diqqatlarini jalb qilish lozim. Shuning uchun o‘qituvchining o‘zi faol 
bo‘lmog‘i, yetkaza oladigan darajada xissiy so‘zlay olishi kerak.
Ekskursiyani o‘tkazish joyi va vaqtiga bog‘liq holda topshiriqlar 
hajmi, soni, ketma-ketligi turli xil bo‘lishi mumkin. Birinchi sinfda 
hamma bolalarga bitta o‘simlik va uni yig‘ishga topshiriq berish, 2 -
3 sinflarda esa materiallar yig'ishni bolalar guruhlari o'rtasida 
taqsimlab berish maqsadga muvofiqdir. Atrofni o‘rab turgan tabiatni 
kuzatish va topshiriqlami bajarish, dam olish va o‘yinlar bilan 
almashinib turishi kerak.
203


Materiallami yig‘ish tugagandan so'ng o‘quvchilarni u yoki bu 
materialning yaroqii ekanligi haqida fikrlashga jalb qilinib ulami 
saralash lozim. Ekskursiyadan maktabga qaytgach, jihozlar va 
materiallar olib qo‘yiladi, qisqagina yakunlovchi suhbatdan keyin 
ekskursiya tugallanadi.
Dasturda material choraklar bo‘yicha taqsimlangan, bu esa 
ahamiyatli darajada o‘qituvchining tematik va kundalik reja tuzi- 
shini yengillashtiradi. 0 ‘qituvchi maktabning geografik (jug‘rofiy) 
joylashganligi, kerakli materiallarga mos sinf o‘quvchilarining 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda har bir chorakka tematik reja 
tuzishi lozim. Bu bilan bog‘liq holda o‘qituvchi rejasidagi mav- 
zulaming o‘tish tartibi dasturda taklif qilinayotgan tartibdan farq 
qilishi mumkin. Ish obyektlari, ayniqsa, Tabiiy materialdan bo‘lgan 
obyektlar o‘zgarishi mumkin. Biroq, mavzulami o‘zgartirishdan 
oldin o‘qituvchi mehnat turini va alohida obyektlami bajarishdagi 
qiyinchiliklami hisobga olishi lozim. Tematik rejada mehnat turi, 
ajratilgan soat miqdori, ekskursiyalar, ko‘rgazmali jihozlar ko‘rsa- 
tiladi. Shunday qilib, rejani tuzayotib o ‘qituvchi butun chorakka 
mo‘ljallangan ishlami aniqlab oladi, oldindan nima qilishi kerakligi 
(maktab ustaxonalarida ba’zi bir materiallarga buyurtma berish, 
kerakli asbob va materiallami olib qo‘yish, jihozlarni tayyorlab 
qo‘yish) haqida aniq tasawurga ega bo‘ladi. 0 ‘qituvchida har bir 
dars uchun oldindan ko‘rib chiqilgan reja bo‘lishi kerak. Har bir 
darsning mavzusi va vazifasi dastur bo‘yicha belgilanadi. Darsning 
samaradorligi vazifalami to‘g‘ri belgilay olishga bog‘liq bo‘ladi.
Har bir darsning mavzusi va maqsadi dastur asosida belgilanadi 
(«Bilish malumotlari», «Ish usullari», «Malakalar»). Har bir darsning 
asosiy vazifasi aqliy harakatlami va amaliy malakalami shakl- 
lantirishi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘qituvchi, har bir darsda o‘z 
oldiga o‘tilganlami takrorlash yoki yangi bilim berish, ish jo ‘yini 
tashkil etish qoidalarini mustahkamlab olishni maqsad qilib qo‘yadi.
Bu darsning bevosita vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quv- 
chilarda tinglash va tayyor ishni savollar bo‘yicha tahlil qilish, so‘z 
ko‘rsatmalar bo‘yicha mahsulotni tayyorlay olish malakasini taricib 
toptirish, o‘qituvchining savollari, bo‘yicha tayyor mahsuloming 
sifatini aniqlay olish, qog‘oz chizig‘ida fazoviy moljal olish 
malakalarini tarkib toptirish, bolalami buklangan chiziq bo‘yicha
204


taxlash va qirqish yo‘li orqali uchburchak, to‘g‘ri turtburchak, 
kvadratni hosil qilish usullari bilan tanishtirish, kesuvchi asboblar 
bilan xavfsiz ish qoidalarini takrorlash.
0 ‘qituvchi dars rejasidan foydalanish davomida asosiy va 
umumiy vazifalami ajratib oladi, o‘z diqqatini unga qaratadi.
0 ‘qituvchi mehnat darslarining asosiy va umumiy jami 
vazifalarini batafsil yoritib berishi lozim. Keyingi rejada faqatgina 
asosiy vazifani belgilab olish mumkin, lekin dars jarayonida 2- 
darajali vazifalami amalga oshirishni esdan chiqarmaslik kerak.
Rejada, shuningdek, bo‘sh o'quvchilar bilan ishlash (savol 
javoblar o‘tkazish, individual darslar, jihozlami belgilash) ni ajratish 
olish muhim. Reja tuzayotganda tarbiyaviy vazifalami ham nazarda 
tutish lozim.
Qo‘l mehnati darslariga bir qator talablar qo‘yilgan: Dars aniq 
rejalashtirilgan bo‘lishi lozim, ya’ni darsga ajratilgan vaqtdan 
maksimal foydalanish, darsning katta qismini amaliy ishga ajratish, 
dars ko‘rgazmali jihozlar va namunalar bilan ta’minlangan bo‘lishi, 
asboblar ishonchli hamda materiallar sifatli bo‘lishi lozim; sinfda 
zaruriy uskunalami ish joyiga qo‘yib chiqishda, o‘qituvchi 
boshchiligida ma’lum bir materiallami tayyorlashda ishtirok etuvchi 
ikkita boshliqni saylash maqsadga muvofiqdir.
Aniq bir mahsulotni tayyorlash rejalashtirilgan har bir dars 
ma’lum bir tuzilishga ega. Quyidagilami mehnat darslariga qo‘llash 
mumkin:
A.
1. Bolalar jamoasini tashkil etish.
2. Ish jo'yini tashkil etish.
3. Dars mavzusini ma’lum qilish.
4. Bilishga doir ma’lumotlami berish.
5. Topshiriqda mo‘ljal olish.
6. Ish usulini almashib turishi bilan o‘qituvchi
Ko‘rsatmasi bo'yicha mahsulotlar tayyorlash.
7.Tayyorlangan mahsulotlami baholash.
8. Yakunlash.
B.
1. Bolalar jamoasini tashkil etish.
2. Bilishga doir ma’lumotlami qaytarish.
205


3. Dars mavzusini ma’lum qilish.
4. Ish jo ‘yini tashkil etish.
5. Ishning to‘g‘ri usullari bilan tanishtirish bo‘yicha mashqlar.
6. Topshiriqda mo‘ljal olish.
7. Mahsulotni tayyorlashni bosqichma bosqich rejalashtirish
8. Bajarilgan ish haqida hisobot.
9. Bajarilgan mahsulotning sifatini baholash
10.Yakunlash.
D.
1. Bolalar jamoasini tashkil etish.
2. Dars mavzusini ma’lum qilish..
3. Ish jo ‘yini tashkil etish.
4. Bilishga doir ma’lumotlami ma’lum qilish. Amaliy ish.
5. Topshiriqda mo‘ljal olish.
6. Mahsulotni tayyorlashni bosqichma bosqich taxminiy reja­
lashtirish.
7. Belgilangan reja asosida mahsulotni tayyorlash.
8. Bajarilgan ish haqida hisobot.
9. Mahsulotning sifatini baholash
10.Yakunlash.
Yuqorida ko‘rsatilgan variantlar yagona imkoniyat bo'lib 
hisoblanmaydi. Darsning alohida bosqichlari o‘zgartirilishi almash- 
tirilishi mumkin. Biroq, o‘qituvchi ulaming hammasi uzviy 
bogTiqligini va vazifalarini bajarishga qaratilgan bo‘lishini esda 
tutish lozim. Berilgan darsning vazifalariga savollar tizimini, 
mashqlami, ko‘rgazmali jihozlami moslashtirish kerak.
Bolalar jamoasini tashkil etish. Aqli zaif o‘quvchilarda tashkiliy 
malaka va ko‘nikmalami hosil qildirish darsga bo‘ladigan 
qo‘ng‘iroqdan oldin boshlanadi. Har bir darsdan so‘ng, tanaffus 
paytida o‘quvchilar qo‘llarini yuvishlari. Fartuk va yengcha yoki 
xalatni kiyishlari lozim. Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan ular qo‘l 
mehnati xonasiga kirish qismida yig‘iladilar, xonaga kiradilar va 
sekingina o‘zlarining doimiy joylarini egallaydilar. Shuningdek, 
bolalarda o‘qituvchi ruxsatisiz ish joyida hech narsaga tegmaslik 
odatini tarbiyalash o‘ta muhimdir.
206


Bu bosqich 2-3 daqiqa egallashiga qaramay, u juda muhimdir. 
Quyi sinfiiing aqli zaif o‘quvchilari bilan istalgan ishni muvaf- 
faqiyatli o‘tkazish ularni qay darajada belgilangan ish bilan qiziqtira 
olganligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolalaming diqqatini ishga jalb 
etish, ular bajaradigan mahsulot chiroyli va foydali ekanligani 
ko‘rsatib berish lozim. Har doim ham darsni uning mavzusini 
ma’lum qilishdan boshlash kerak emas. Agar, masalan, o‘qituvchi 
kesuvchi asboblar bilan xavfsiz ishlash qoidalarini takrorlab olishni, 
keyin kartondan quticha yasashni rejalashtirgan bo‘lsa, takrorlash- 
dan so‘ng dars mavzusini ma’lum qilish maqsadga muvofiqdir.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish