Tadqiqotning nazariy ahamiyati: tadqiqot natijasida Tasviriy san'at darslarida uquvchilarning dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarini nazariy jihatdan asoslanadi hamda uni amalga oshirishning mazmuni, shakllari, usul va metodlari belgilab beriladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: O'quvchilarning dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirish buyicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan maktab, KXK va oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchi va talabalar BMI, kurs ishi va referatlar tayorlashda foydalanishlari mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilarning dizayn ijodkoriiklarini shakllantirishning innovatsion texnologiyalari buyicha ishlab chiqilgan nazariy ma’lumotlardan maktablarda tugaraklar tashkil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: bitiruv malakaviy ish kirish, 2 bob, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, jami sahifani tashkil etadi.
I BOB. TASVIRIY SANAT DARSLARIDA O'QUVCHILARDA DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
1.1. Dizayn sohasining rivojlanishiga oid tarixiy- nazariy ma’lumotlar
Dizaynerlik ijodkorligini rivojlantirish borasida tajribalar yetarli emas. Shu ma'noda dizayn sohasiga oid tarixiy- nazariy ma’lumotlar o'quvchilarda dizaynerlik ijodkorligini rivojlantirish tizimida muhim o'rin tutadi.
Dizayn termini ilmiy iste’molga 1969-yil sentabrda Dizayn bo'yicha Xalqaro tashkilot (ICSID - International Council of Industrial Design)ning Xalqaro kongressida Tomas Maldonado tomonidan taklif etilgan ta'rifga ko'ra dizayn - ishlab chiqarilayotgan buyumlarning shakliy sifatlarini belgilashga (aniqlashga) yo'naltirilgan ijodiy faoliyat - tarzida qabul qilingan. «Design» tushunchasi XVI asrlarda Evropa mamlakatlarida keng tarqalgan bo'lib, o'sha davrdagi ta’riflar hozirgi kun talqiniga mos tushadi. Xususan, 1588 yildagi Oksford lug'atida dizaynga amaiga oshiriladigan (yaratiladigan) ishning inson tomonidan o‘ylangan rejasi, sxemasi tarzida talqin etilgan. Demak, dizaynga berilgan tarixiy ta’riflar, uning zamonaviy sharoitdagi funktsiyalaridan kelib chiqqan holda inson tomonidan yaratiladigan barcha mahsulotlarni badiiy loyihalashtirish, estetika va texnologiyalarning mantiqiy aloqadorligini ta’minlash san’ati tarzida ta’riflanishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o'tilganlaridan xulosa tariqasida e’tirof etish joizki, o'quvchi-yoshlarni dizaynerlik qobiliyatlarini rivojlantirishda bevosita sohaning to'g'ri talqini, funktsional yo'nalishlari haqida yetarli va kerakli ma’lumotlar berish talab etiladi. Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash jamiyatimizning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur jarayon fan, texnika va san’at sohalarining birlashuvini taqozo etmoqda. Ushbu birlashish (integratsiya jarayoni) dizayn sohasida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Dizaynerlik mehnati metodlari, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarning turlari, tafakkurning o'ziga xos apparati hamda uslublari o'zining ko'rsatkichlari bo'yicha har qanday kasbiy faoliyat turidan ustun turadi va bir kasb doirasidan chiqadi. Dizayn metodlarini qo'llash yo'llari jamiyat ma’naviy-amaliy hayotining deyarli barcha sohalariga kirib bormoqda.
Qayd qilinganidek «dizayn» atamasi (termini) nisbatan yaqinda paydo bo'lgan. Shu davrgacha buyumiarni Ioyihalashtirish «badiiy ioyihalashtirish», buyumiarni yaratish nazariyasi esa «texnik estetika» deb atalgan. «Dizayn» tushunchasi inglizcha so'z bo'lib, «rasm chizish» degan ma’noni anglatadi. Bu so'z negizida turli hosila tushunchalar: «dizayner», rassom- konstruktor, «dizayn-shakl» - predmetning tashqi shakli va boshqalar yuzaga kelgan.
Entsiklopedik, izohli va maxsus lug'atlar hamda o'quv- metodik adabiyotlarda «dizayn» tushunchasining sharhi bilan tanishish asosida, o'rganilayotgan muammoga eng yaxshi, mos keladigan («dizayn» tushunchasining) ishchi ta’rifini ifoda etishimizga imkon tug'ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |