Tasseming bu modda bilan olib bor"" I eksperimental ishiari natijalari



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/153
Sana23.01.2022
Hajmi10,85 Mb.
#405822
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   153
Bog'liq
kimyo tarixi davomi

16.2. Kimyoviy texnologiyalar  rivojining  1-bosqichi
Kimyoviy  texnologiyalaming  va  kimyo  fanining  rivojlanish 
bosqichlari  davom  etgan  tarixiy  davrlar  asosan  mos  keladi,  chunki 
ular  o'zaro  chambarchas  bog’liqlikda  taraqqiy  etadi  va  rivojlanish 
sur'atlariga  o'zaro  ta'sir  qiladi.  Shu  sababli,  kimyo  texnologiyaiari 
rivojlanishining 
asosiy 
bosqichlari 
xususiyatlarini 
o'rganishda 
xronologik  (tarixiylik  jihatlarini  yoritish)  va  nazariy-konseptual 
yondashuvlar uyg’uniigiga asoslanish maqsadga muvofiq.
Kimyo  texnologiyaiari  (bazaviy  elementlari,  ishchi  operatsiya- 
lari, uskunalari va jihozlari) rivojlanishining 
birinchi bosqichi
 qadimgi 
dunyoning 
kimyoviy  bilimlaridan  XVII  asrgacha  bo'lgan  davr 
xususiyatlarini  amaliy  kimyo  yutuqlarini  (  Kirish,  7-12  betlar)  o'z 
ichiga  oladi.  Bu  davrning xarakterli  belgilari  amaliyotga yo'nalganlik 
bo'lib,  turli  sohalarda  san'at  asarlari  darajasidagi  turli  mahsulotlar 
(moddalar,  oziq-ovqatlar,  kiyimlar,  bo'yoqlar,  metallar  va  ulaming 
qotishrnalaridan  maishiy  va  harbiy  maqsadlarda  yasalgan  buyumlar) 
yaratilish  jarayonlari  o'zining  ilmiy-texnik  ya  texnologik  asoslariga 
ega  emas,  balki  usta-hunarmandning  ijodiy  fantaziyasi,  ilhomi 
mahsulidir. 
Kimyoviy  moddalar,  asosan  dorivor  preparatlar 
aptekalarda  tayyorlangan,  ishlab  chiqarish  asosan  yakka  tartibli 
hunarmandchilik  yoki  sex-artel  ko'rinishida  bo'lgan.  Bu  davrning 
yutuqlari bizga  2500  dan ortiq  moddalami  olish  usullari  va ulaming 
xususiyatlarini  yozib  qoldirgan 
alkimyogarlaming  asarlari 
orqali 
yetib kelgan.  Yevropada  XV asming  ikkinchi yarmida paydo bo'lgan 
va  mineral  xomashyo  asosida  turli  kislotalar,  ishqorlar,  tuzlar,  soda, 
porox,  selitra,  dorivor  moddalar  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan 
kichik  korxonalarni 
kimyo  sanoatining  shakllanish  jarayoni  deb 
qarash  mumkin.  Sulfat'  xlorid  va  nitrat  kislotalar  olish  texnologiyasi 
va ular  asosida  oltinni  eritish  uchun  “zar  suvi”  (“shoh  arog’i”)  Jobir 
ibn Xayyomdan  500 yil keyin,  1300-yilda Yevropada  ina'lum bo'ldi,
XVI  asming  oxirida  konsentrlangan  sulfat  kislota  olishga  erishildi. 
XV  asrda  Venetsiyada  nitrat  kislotasi  va  bir  qator  Yevropa  mamla- 
katlarida selitra va porox sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlandi. 
1539-1575-yillarda  fransuz  kimyogari  Bemar  Palissi  fayans,  rangli 
emal  va  glazurlar  (sopol  idishlar  sirtini  sirlovchi  aralashma)  olish 
bo'yicha  mashhur  bo'ldi.  U  1580-yilda  sirlangan  keramik  buyumlar 
olish  bo'yicha 
“Qulolchilik  san'ati,  uning foydasi,  emallar  va  olov
460


haqida”
  asarini  e'lon  qildi  va o'ziga ma'lum  bo'lgan  amaliy  kimyo 
sirlarini  tadbirkorlar va amaiiyotchi kimyogarlarga taqdim etdi.
16.3. Kimyoviy texnologiyalar  rivojining 2-bosqichi
Kimyoviy  texnologiya  rivojlanishining  2-bosqichi  XVII-XVIH 
asrlarni  o 'z   ichiga  oladi.  Bu  davr  ilmiy  kimyoning  shakllanishi  va 
dastlabki  kimyo  korxonalarining  vujudga  kelishi,  ya'ni jamoa  bo'lib 
mehnat  qilish  va  kimyoviy  moddani  tayyorlash  texnologiyasi  bir 
kishining  faoliyati  emas,  balki  alohida  texnologik  operatsiyalarga 
ajratilishi  mumkin  va  takrorlanish  xususiyatiga  ega  ekanligi  bilan 
ajralib  turadi.  Bu  davrda  kimyo  texnologiyasi  alohida  maxsus  fan 
sifatida  shakllana  boshlaydi,  o 'z  nazariyotchilari  va  amaliyotchilarini 
sahnaga  olib  chiqdi,  erishilgan  yutuqlar  ishchi  qo'llanmalar,  kitoblar 
va  darsliklar  ko'rinishida  keyingi  avlodlarga  yetkazib  borildi, 
dastlabki  kimyoviy  va  texnologik  ta'lim  tizimi  ham  shakllana 
boshladi.  Kimyoviy  jarayonlami,  ayniqsa.  mineral  kislotalar  va 
ulaming tuzlarini toza holda olish,  farmakoiogik xossalarini  o'rganish 
va  tibbiyotda  samarali  qo'llash  XVII  asrning  mashhur  kimyogar 
texnologi  I.R.  Glauberni 
olamga  mashhur  qildi.  Konsentrlangan 
xlorid  kisiota  olish  va  amaliy  qo'llash  ham  I.  Glauber  tomonidan 
amalga oshirildi.
Kimyo  sanoatining  asosi  bo'lgan  sulfat  kislota  olish  korxona- 
lari:1740-yil (Buyuk Britaniya, Richmond), 1766-yil  (Fransiya, Ruan),
1805-yil  (Rossiya),  1810-yilda Germaniyaning Leypsig shahrida ishga 
tushirildi.  Soda olish  korxona-lari:  1793-yilda (Fransiya, Parij),  1823- 
yilda (Buyuk Britaniya, Liverpul),  1843-yilda (Germaniya,  Shyonebek 
), 1864-yilda  (Rossiya,  Barnaul) 
shaharlarida  ishga  tushirildi.
Qishloq xo'jaligi uchun mineral  o 'g ’itlar  1842-yil  Buyuk Britaniyada, 
1867-yil  Germaniya  va  1892-yilda 
Rossiyada  ishlab  chiqarila
boshlandi.
logann  Bek man
  (1739-1811  yy.)  Gyottingen  univer­
siteti  professori,  1772-yilda  “
texnologiya”  -
  hunar 
haqidagi  fan  atamasini  kimyo  faniga kiritgan  va  turli
kimyoviy  mahsulotlar olish  jarayoni 
yoritilgan

Kashfiyotlar,  ixtirolar  va  manbalar  tarixi”
  nomli 
birinchi  o'quv  qo'llanmasini  yozgan,  kimyo  texnolo­
giyalariga alohida o'quv predmeti sifatida qaragan.
461


1803-yilda Rossiya FA huzurida kimyo texnologiyaiari kafedrasi 
ochildi  va  1804-yildan  boshlab  shu  yo'nalishga  ixtisoslashgan 
“Texnologik  jumal”  chop  etila  boshladi. 
1807-1808-yillarda  rus 
professori  N.  Dvigubskiy  o'zining 
“Texnologiymting  dastlabki
 
asoslari  yoxud  zavod  va  fabrikalarda  bajariladigan  ishlarning
 
qisqacha tavsifi”
 ishchi  qo'llanmasini  chop etdi.
XVIII 
asr  ikkinchi  yarmida  Yevropada  ro'y  bergan  sanoat 
revolyutsiyasi, 
ya'ni 
kichik 
korxonalar 
o'rniga 
mashina- 
mexanizmlardan  foydalanishga  asoslangan  yirik  fabrika-zavodlar 
qurilishi va  mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining keskin o'sishi, o'z 
navbatida,  avvaldan  qo'llanib kelinayotgan  kimyoviy  moddalar:  sulfat 
kislotasi,  selitra,  soda,  xlor,  osh  tuzi,  ishqorlar  va  boshqa  kimyoviy 
mahsulotlarga  bo'lgan  ehtiyojni  oshirdi  va  ulami  sanoat  miqyosida 
katta  hajmda  va  arzon  narxlarda  ishlab  chiqarishni  dolzarb  muam- 
moga  aylantirdi.  Endi  kimyogarlar  texnologik  talablarga  javob 
beradigan  jarayonlami  yaratish  ustida  bosh  qotira  boshladilar  va  bir 
qator texnologiyalami  ishlab chiqdilar.  Masalan,  sanoatda  soda ishlab 
chiqarish  texnologiyasi  yaratilish 
tarixini  qarab  chiqaylik.  Soda 
ko'hna  Misrda  eramizdan  2000  yil  avval  keng  qo'llanilgan,  ammo 
uni  olish  usullari  sir  saqlangan.  Sho'r  ko'l  suvlaridan  soda  olish 
mumkinligi  haqida  tarixiy  ma'lumotlar  eramizning  64-yiliga  tegishli 
bo'lib,  asrlar  davomida  soda  olishning  asosiy  usuli  bo'lgan.  1736- 
yilda  fransuz  kimyogari  va  vrachi  Anri  Lui  Dyuamel  de  Monso  ko'l 
suvidan  o'ta  toza  soda  olish  mumkinliginrko'rsatib  bergan.  Sanoat 
miqyosida  soda  olish  birinchi  marta  1791-yilda  fransuz  kimyogari 
Nikola Leblan (1742-1806 yy.) tomonidan amalga oshirildi.  Bu usulda
osh  tuziga  sulfat  kislota  ta'sir  ettirib 
natriy  sulfat  hosil  qilinadi.  Natriy 
sulfatga 
ohaktosh  va  ko'mir  qo'shib 
qattiq qizdiriladi va hosil bo'lgan  qattiq 
moddani  suvda  eritib, 
soda  eritma 
hoiida  ajratib  olinadi  va  keyin  ishchi 
eritma  bug’latiladi  hamda  soda  kristal- 
lari  ajratib  olinadi.  Belgiyalik  kashfi- 
yotchi E.Solve  1861-yilda sanoatda soda 
olishning  ancha qulay va tejamkor ammiakli  usulini  ishlab chiqdi  va 
Yevropaning  barcha  soda  zavodlari  keyinchalik  ushbu  texnologiyaga 
o'tishdi:
462


ТЧНз + СО
2
 + HzO + NaCI -> NaHCQ3+ NH
4
CI
Hosil  bo'lgan  natriy  gidrokarbonat  filtriab  oiinadi  va  14G-160°C  da 
quritish 
jarayonida 
parchalanib, 
yakuniy  mahsulot  -   sodaga 
aylanadi:

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish