89
Парранда гўштининг ривожланганлигига кўра I ва II категория
ларга бўлинади.
Парранда гўшти маълумотлар туширилган этикеткалар билан полимер
пленкаларда қадоқланади ва маркировкаланади. Савдода парранда
гўштлари шаффоф полимер пленкаларга қадоқланиб, музлатилган ҳолда
бутунлигича ёки бўлакларга ажратилиб чиқарилади.
Парранда гўштлари совитилган ҳамда музлатилган ҳолда сақланади.
Совитилган парранда гўштлари 0-4ºС ҳароратда ҳамда нисбий намлик
80-85% бўлган шароитда 4-5 суткагача сақланиши мумкин. Музлатилган
парранда гўштлари эса –25ºС ва ундан пастроқ ҳароратда, нисбий намлик
85-90% бўлган шароитда 12-14 ойгача сақланиши мумкин.
Ички аъзо гўштлари ва уй паррандаларининг янги, совитилган ва
музлатилган гўштлари ЎзР ТИФ ТН га асосан I бўлимнинг 2-гуруҳида
0206-0208 товар позцияларида таснифланади.
2. Sertifikatlashtirish bo'yicha asosiy tushuncha va atamalar
Sertifikatlashtirish mahsulot sifati va xavfsizligini ta'minlash shakllaridan biri sifatida butun dunyoda tan olingan. Sertifikatlashtirish uchun sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlariga yagona talablarni belgilagan me'yoriy hujjatlar mavjud bo'lishi shart.
Atamalar va ta'riflarning birliligi qo'yilgan vazifalarni tushunish va sertifikatlashtirish protseduralarini muvaffaqiyatli o'tkazish uchun ahamiyatlidir.
O'zbekiston Respublikasida xalqaro standart ISO/MЕK 2:1996 "Standartlashtirish va yondosh faoliyat turlari. Umumiy lug’at" asosida yaratilgan O’z DSt 5.5:1999 "O'z SMT. Asosiy atamalar va ta'riflar" va sifat menejmenti tizimlari bo'yicha O’z DSt ISO 9000:2002 amalda qo'llanilmoqda.
Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o'tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste'molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o'tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste'molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Sertifikatlashtirishning milliy tizimi - davlat miqyosida amal qiladigan sertifikatlashtirish o'tkazishda o'z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo'lgan tizim.
Muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.
Muvofiqlik belgisi - muayyan mahsulot yoki xizmatning aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko'rsatish uchun mahsulotga yoki ko'rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo'yiladigan, belgilangan tartibda royxatga olingan belgi.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi ayni bir xil standartlar va qoidalar qo'llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi ayni bir xil standartlar va qoidalar qo'llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi.
Sinov laboratoriyasini akkreditlash sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarning nufuzli organ tomonidan rasmiy e'tirof qilinishi.
Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirishni o'tkazuvchi organ.
Sinash bu o'rnatilgan muolajaga muvofiq holda bir yoki bir nechta xarakteristikani aniqlash.
Sinash laboratoriyasi sinashlarni o'tkazadigan laboratoriya.
02.00.09 - Товарларни кимёвий таркиби асосида синфлаш ва
сертификатлаш” ихтисослиги кимё фанлари тизимига киритилган кимё
йўналишидаги янги фан бўлиб, кимё, техника ҳамда фармацевтика
фанларидан илмий даражалар ҳамда илмий унвонлар беришга мўлжалланган.
Бу ихтисосликда ТИФ ТНга кўра товарларни таснифлаш,
сертификатлаш билан боғлик ҳолда моддаларнинг таркиби, олиниши, келиб чиқиши, тузилиши, органолептик ва физик-кимёвий кўрсаткичларини тадқиқ қилиш каби кимёвий, технологик тадқиқотлар билан бир қаторда иқтисодий тадқиқотлар ҳам олиб бориш режалаштирилган. 02.00.09 - “Товарларни кимёвий таркиби асосида синфлаш ва сертификатлаш” ихтисослиги товарларнинг кимёвий таркиби, кимёвий ва физикавий ва бошқа хоссалари асосида халқаро ТИФ ТНда код рақамларини белгилаш ва сертификатлар бериш муаммоларини тадқиқ этади. Товарларнинг ТИФТНга тегишли 10 рақамли код рақамига мос келишини белгиловчи мезоний кўрсаткичлар кўп товарлар учун мукаммал эмас ва кўплаб мамлакатларда шуйўналишда илмий тадқиқотлар олиб борилмоқда. Товарларнинг халқаро кодрақамларини аниқлаш уларнинг кимёвий таркиби, олинишининг технологик жараёнлари, экспорт ёки импорт қилинаётган товарларнинг сифатини назорат қилиш, уларга сифат ва бошқа сертификатлар бериш масалалариниилмий-тадқиқотлар натижаларига мувофиқ асослаш имконини яратади
Do'stlaringiz bilan baham: |