Tashqi savdo


Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari



Download 29,74 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi29,74 Kb.
#244963
1   2   3   4
Bog'liq
Sardor

Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari

Iqtisodiyotda bozor mеxanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kеlib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi.

Monopoliya tushunchasiga turli o’quv adabiyotlarida turlicha ta’rif bеriladi. Jumladan, ba’zi o’rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»3 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda

«faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»4 dеb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib bеrolmasligi sababli, uni quyidagicha ta’riflash o’rinli dеb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari5.

«Monopoliya» atamasining kеlib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grеkcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.

Monopoliyalar vujudga kеlishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish mumkin.

3. Mikroiqtisodiyot (yun. μικρός — kichik) — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.

Jahon statistikada uy xoʻjaliklariga birgalikda yashovchi kishilar guruhlari yuritadigan umumiy xoʻjalik sifatida qaraladi. Odatda, bunday xoʻjalik oila, yaʼni erkak va ayol nikohiga yoki qonqarindoshlikka asoslangan kichik guruhdir. Uy xoʻjaligi vazifalariga: 1) ishlab chiqarish omillarini (masalan, ishchi kuchini) sotishdan va mol-mulkdan (uy-joy va yerdan ijara haqi, bankka qoʻyilgan pul foizi, aksiya daromadi) daromad olish; 2) uy xoʻjaligini yuritish (yordamchi qishloq xoʻjaligida ishlash, isteʼmol mollari va xizmatlarni harid qilish, oziq-ovqat mahsulotlarni uyda tayyorlash, moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish); 3) bolalarni tarbiyalash; 4) «tashqi» iqtisodiy aloqalar (davlatga soliq toʻlash, transfert toʻlovlar olish, xorij bilan iqtisodiy aloqalar, shu jumladan, xorijdan pul joʻnatmalari, posilkalar olish) kiradi. Mikroiqtisodiyot oʻrganadigan yana bir manba tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik tashkilotlari — korxonalardir. Bunday tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslar (firmalar) egaligida boʻlishi mumkin.

Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar sirasiga isteʼmolchilar, xodimlar, kapital qoʻyuvchilar, yer egalari, firmalar, umuman, amalda iqtisodiyotning faoliyat koʻrsatishida muhim rol oʻynaydigan har qanday tadbirkor kiradi. Mikroiqtisodiyot quyi boʻgʻinlarda iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini, masalan, isteʼmolchilar tovarni harid qilish toʻgʻrisida qarorni qay tarzda qabul qilishini va ularning tanloviga narxnavo va daromadlar oʻzgarishlari qanday taʼsir koʻrsatishini; firmalar ish oʻrinlari sonini qanday rejalashtirishi; xodimlar qayerda va qancha ishlashni qanday hal etishini izohlab beradi.

Mikroiqtisodiyotning muhim jihati — xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yirikroq tuzilmalar — bozorlar paydo boʻlishi jarayonidagi oʻzaro munosabatlaridir. Mikroiqtisodiyot ayrim sanoat tarmoqlarining tarixiy taraqqiyoti va milliy iqtisodiyotning shakllanishi mantigʻini tushunishga yordam beradi. U ayrim tovarlarga narxnavo qanday belgilanishini, yangi zavodlar qurilishida muayyan sohani va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qanday mablagʻlar ajratilishini va nima uchun investitsiya qilinishini, har yili aniq qancha tovarlar ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot yakka tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar faoliyatini oʻrganar ekan, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlayotgani va rivojlanayotganini, ularning faoliyatiga hukumat siyosati mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlar qanday taʼsir etayotganini ochib beradi




Download 29,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish