Tashqi savdo siyosatining shakllari va konseptual asoslari


Mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalari (2012-2016 yillar)



Download 3,57 Mb.
bet12/15
Sana12.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#781947
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tashqi savdo siyosatining shakllari va konseptual asoslari

Mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalari (2012-2016 yillar)

2016 yilda mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalari soni 750 tani tashkil qildi va 2012 yilga nisbatan 44,0 foizga (229 ta) ko`paydi. Ulardagi o`rinlar soni 2012 yilga nisbatan 40,8 foizga (11 ming o`rin) ko`payib, 37,8 ming o`ringa yetdi. Mehmonxonalarga joylashgan shaxslar soni 2016 yilda 1513,1 ming kishini tashkil qilib, 2012 yilga nisbatan 27,2 foizga (323,5 ming nafar) ko`paydi.
6-rasm
Hududlar bo`yicha mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalarida joylar fondidan foydalanish koeffisienti
(foizda)

O`zbekiston Republikasi bo`yicha mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalarida joylar fondidan foydalanishkoeffisienti (o`rinlarning yil davomida band bo`lishi) 2016 yilda 26,1 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, eng yuqori ko`rsatkich Sirdaryo viloyatida 40,0 foiz, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida 36,5 foiz, Toshkent shahrida 35,7 foizni tashkil qilmoqda, shuningdek yil davomida joylarning band bo`lishi Xorazm viloyatida 14,1 foiz, Farg`ona viloyatida esa 14,6 foizni tashkil etgan.

Qisqacha xulosalar


Savdo siyosati – byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo’nalishdir.
Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul importga tarif belgilash bo’lib, buning natijasida ichki baholarning o’sishi kuzatiladi. Importga tariflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko’rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko’rgan foydadan katta bo’ladi. Importga tariflarni joriy qilishdan ko’riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import tariflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to’lov balansini tartibga solish mahsadlarida keng qo’llaniladi.
Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo’llaniladi.
Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko’paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo’llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo’llash dempingga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko’ra ta’qiqlangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o’rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib echilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi.
O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgandan keyin xalqaro munosabatlarning teng huquqli a`zosiga aylanib, mustaqil tashqi siyosat yuritmoqda. Mamlakatimiz tashqi siyosatining eng muhim yo`nalishlaridan biri - uning dunyo mamlakatlari bilan do`stlik va hamkorlik munosabatlarini o`rnatishdan iboratdir.
Mamlakatimiz o`zining tashqi siyosatini davlatning ichki siyosatiga munosib bo`lishiga ahamiyat beradi. Shuning uchun ham davlatning o`z ichki siyosati oldiga qo`ygan maqsad va vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uning tashki siyosatining ham asosiy yo`nalishlaridan biri sanaladi.
Bugungi kunda jaqon miqyosida globallashuv jarayoni hukm surayotgan bir paytda mintaqa xavfsizligi va barqarorligini ta`minlash masalasi nihoyatda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu bois ham jahonda va mintaqa miqyosida xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash yo`lida amalga oshirilayotgan xatti-xarakatlarni tarixiy nuqtai nazardan o`rganish va tahlil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu asosda Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashda xalqaro tashkilotlarning rolini kuzatishga, aniqlashga va taxlil etishga bag’ishlab olib borgan tadqiqot natijasida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:

  1. Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o`zlarining tashqi siyosiy faoliyatini belgilovchi strategiya, tamoyillar va ustivor yo`nalishlarini ishlab chiqdilar. Tashqi siyosiy faoliyat olib borish yo`lida eng dolzarb va ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida esa mamlakat ichida hamda mintaqa miqyosida xavfsizlikni va barqarorlikni ta`minlash masalasi belgilandi.

Mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga taxdid soluvchi omillarga qarshi kurashish yo`lida Markaziy Osiy davlatlari eng avvalo jahon hamjamiyatining nufuzli xalqaro tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o`rnatish va ularning faoliyatidan unumli foydalanishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`ydilar.

  1. Dunyo miqyosida xavfsizlik va barqarorligiga taxdid soluvchi omillarga qarshi kurashish yo`lida ushbu mintaqada o`zining geopolitik va etakchilik mavqei bilan ajralib turuvchi O`zbekiston Respublikasining o`rni alohida ahamiyat kasb etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi geografik nuqtai nazardan Markaziy Osiyoning markazida joylashuvi va mintaqa davlatlari bilan chegaradoshligi ushbu hududda xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash yo`lidа etakchi rol o`ynashligini yana bir bor namoyish etmoqda. Shu bilan birga O`zbekiston Respublikasi mintaqada osoyishtalik sharoiti xukm surishligi yo`lida xalqaro tashkilotlar bilan faol ish olib bormoqda. Jumladan BMT, YEXHT, MDH va SHHTlarining yiqilishlarida O`zbekiston rahbari yangi tashabbuslar bilan chiqib jahon xamjamiyati etiborini Markaziy Osiyo hududidagi muammolarga jalb etib kelayotganini kuzatish mumkin.

  1. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatadiki, Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan mavjud bo`lgan taxdidlar asosan janubda joylashgan qo`shni davlat Afg’onistondan esmoqda. XXI asr bo`sag’asida ushbu davlatning xalqaro terrorrizm markaziga aylanishi nafaqat Markaziy Osiyo mamlalakatlariga, balki jahon hamjamiyatiga qam taxdid solayotganligiga butun dunyo axli guvoh bo`lmoqda.


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish