Foydalanilgan adabiyotlar:
Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.
Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.
Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.
Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.
4.3–mavzu: TIBBIYOT VA FARMASEVTIKA SOHASIDA ISHLATILADIGAN
AXBOROTLARGA ISHLOV BЕRISH. AXBOROTLARNI HUJJATLAR
SHAKLIDA TAHRIRLASH TЕXNOLOGIYASI.
Reja
Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining asosiy tushunchalari.
Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining bosqichlari.
Tayanch iboralar: ахborot, operatsiya, mashinada ishlov berish, ishonchlilik, butunlik, Microsoft Office.
1. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining asosiy tushunchalari.
Axborotga ishlov berish texnologik jarayoni belgilangan ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmuidan iboratdir. Operatsiya deyilganda bir ish joyida bajariladigan muayyan harakatlar majmui tushuniladi. Texnologik jarayon operatsiyalarni elementar operatsiyalarga bo‘lib, har bir operatsiyani detallashtiradi. Har bir elementar operatsiyani bajarish foydalaniladigan texnik vositalar, zarur resurslar, operatsiyalarni bajarish shartlari va vaqti, qiymat tavsiflarini belgilab beradigan yo‘riqnomalar, dasturlar yoki boshqa ko‘rsatmalar bilan tartibga solinadi. Axborotga ishlov berish jarayonining operatsiyalarga bo‘lish axborotga ishlov berishga mehnat va mablag‘ sarfini hisoblab chiqish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon ma’lumotlar birligiga kam sarf-xarajat qilib yakuniy maqsadni, eng yuqori aniqlik va ishonchlilikni ta’minlashi zarur.
Axborotga avtomatlashtirilgan ishlov berishning o‘ziga xos xususiyati ishlov berish operatsiyalari va har bir operatsiyani bajarish variantlarining turli-tumanligi bilan belgilanadi. Texnologik jarayonga faqat muayyan axborotga ishlov beruvchi har qanday tizimda amalga oshirsa bo‘ladigan zamonaviy operatsiyalargina kiritilishi kerak. Axborotga ishlov berishning quyidagi zamonaviy operatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
dastlabki axborotni to‘plash, birlamchi ishlov berish va ro‘yxatga olish (birlamchi tashuvchilarda qayd qilish);
ma’lumotlar va abonentlarning so‘rovlarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatish;
ma’lumotlar va so‘rovlarni qabul qilish va hisobga olish;
qabul qilingan axborotning ishonchliligini nazorat qilish va xatolarini bartaraf etish;
ma’lumotlarni tashuvchi mashinalarga ko‘chirish va ko‘chirishning to‘g‘riligini nazorat qilish;
ma’lumotlarni EHM ga kiritish va kiritish to‘g‘riligini nazorat qilish;
ma’lumotlarga mashina ichida ishlov berish va chiqish axborotini tuzish;
chiqish hujjatlarini tayyorlash va ularni foydalanuvchiga uzatish.
Zamonaviy operatsiyalardan zamonaviy texnologik jarayonlar tuziladi. Zamonaviy texnologik jarayonlarning turli variantlari tizim hal qiladigan vazifalar doirasini, dastlabki axborotning xarakteri va davriyligini, qo‘llaniladigan hisoblash texnikasi vositalarining turi va tarkibini, foydalaniladigan axborot tashuvchilarni, dasturiy ta’minot tarkibini va boshqa bir qator omillarni hisobga oladi.
Texnologik operatsiyalar ish (ijro) va nazorat operatsiyalariga bo‘linadi. Ishchi operatsiyalari texnologik jarayonning asosini tashkil etadi.
O‘z navbatida ularni ham tayyorlov va asosiy operatsiyalarga bo‘lish mumkin. Tayyorlov operatsiyalari ma’lumotlarni o‘zgartirishga tayyorlaydi yoki operatsiyalarni bajarishga ko‘maklashadi (masalan, kirish shakllarini tuzish, perforatsiyalash, dastlabki hujjatlarni komplektlash). Asosiy operatsiyalar asosan mashina ichida ishlov berish jarayonida bajariladi va ma’lumotlarni arifmetik hamda mantiqiy o‘zgartirishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat operatsiyalari ma’lumotlar va natijalarning ishonchliligini ta’minlashga qaratilgandir. Ular dastlabki, joriy va keyingi nazorat operatsiyalariga bo‘linadi. Dastlabki nazorat kirish ma’lumotlarining ishonchliligini kuzatadi, joriy nazorat operatsiyalarni bajarish sifatini (masalan, bosib chiqarishning aniqligini), keyingi nazorat esa bajarilgan operatsiyalar natijalarining ishonchliligini va aniqligini ta’minlaydi.
Texnologik jarayon belgilangan mezonlar bo‘yicha optimallashtirilishi mumkin. Bunda barcha jarayonni bajarishga moddiy xarajatlar minimallashtirilishi yoki butun ishlov berish jarayonini bajarish vaqti qisqartirilishi mumkin. Optimallashtirish mezoni sifatida axborotning eng yuqori darajada aniqligi va ishonchliligi qabul qilinishi mumkin.
Optimallashtirish masalalarini hal qilish uchun operatsiyalarning majmui sifatida texnologik jarayonning matematik modeli quriladi va umuman texnologik jarayon hamda ayrim operatsiyalarning miqdoriy baholash imkonini beruvchi asosiy tavsiflari aniqlanadi. SHundagina optimallashtirishning vazifasi belgilangan cheklanishlarda maqsadli funksiyalarni minimallashtirish (yoki maksimallashtirish) dan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |