N
|
Ustun nomi
|
To’la nomlanishi
|
Turi
|
Uzunli gi
|
1.
|
TAL-NOM
|
Talabnoma nomeri
|
Belgili
|
5
|
2.
|
TAL-KOD
|
Talabnoma kodi
|
Belgili
|
4
|
3.
|
BANK-R
|
Talabgorning bank rekviziti
|
Belgili
|
40
|
4.
|
HAJM
|
Talabnoma xajmi (kg)
|
Sonli
|
6
|
5.
|
IJRO-S
|
Talabning ijro sanasi (kun yil oy )
|
Sana
|
8
|
Ma’lumotlar omborini yaratuvchilar ma’lum doirada jadval tuzish va ularning sonini tanlashni amaliyotda mustaqil xal kilishadi (tizimni turli xil usullarda loyixalash mumkin). Bunda ko’zlangan asosiy maqsad – jadvallar miqdorining mumkin qadar minimal bo’lishi va turli xolatlarni xisobga olgan xolda jadvallarni normallashtirishga erishishdir.
Buning moxiyati nimada?
Ma’lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi axborotlarni izlash va ulardan foydalanish qulay bo’lishi kerak. Aks xolda ko’zlangan maksadga erishish o’rniga ma’lumotlar o’rnini topish uchun vaqt sarflashga to’g’ri keladi.
Ierarxik yoki tarmoqli tuzilishga ega bo’lgan ma’lumotlarni relyasion ko’rinishga o’tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi.
Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko’rinsa-da, uni amalga oshirish anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini «Talabnoma» jadvalini yaratish misolida ko’rib chiqamiz.
Ma’lumki, ma’lumotlar omborini yaratishda jadvalning asosiy kaliti bo’lishi kerak. Kerakli axborot ana shu asosiy kalitga ko’ra izlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan jadvalga «Talabgorning rekvizitlari» deb ataladigan satr kiritilib, uning qiymati talabgor kodining qiymati bilan aniqlanadi. Lekin talab nomeri – jadval kalitiga bog’liq emas. Bunday xollarda axborotning yuqolishi ro’y beradi, chunki biror talabgor nomeri yo’qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari xam yuqoladi. Yana bir muammo shundaki, bir xil rekvizitlarni o’nlab (balki yuzlab) marta kiritish natijasida nafaqat ortiqcha ishni bajarishingiz, balki ko’plab xatoliklarga yo’l quyishingiz mumkin.
Shuning uchun, «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar ustunini olib, uni talabgor nomi bilan taklif lug’atiga kiritamiz.
Bu lug’atda muayyan talabgorning rekvizitlari bir marta ko’rsatiladi. Kelgusida bu rekvizitlar nafaqat «Talabnoma» faylida, balki talabgorning kodi bo’lgan boshqa fayllarda xam ishlatilishi mumkin.
Etarli ko’nikmaga ega bo’lgan odam ma’lumotlarni normallashtirishni amalga oshira oladi. Bunda eng asosiysi, bosh kalit bilan bevosita bog’lanmagan ustunlarni yuqotishdir.
Foydalanuvchilar ma’lumotlarni normallashtirishda, jadvaldagi ustunlar sonini belgilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Misol tariqasida tuzilishi bo’yicha relyasion tizimga ega bulgan xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlar omborini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |