Satrlarni formatlash. Ish vaqtida, ayniqsa katta jadvallar bilan ishlashda ko`p hollarda satrlardagi ma’lumotlarni ularda to`liq joylashishini hal qilishga to`g`ri keladi. Buni amalga oshirish uchun menyular satrining Формат bo`limidan Строка buyrug`idan foydalaniladi. Bu buyruq tanlanganda ost menyu hosil bo`ladi, bu menyuning buyruqlari yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Высота – satr balandligi o`lchamini kiritish;
Автоподбор высоты – ajratilagan satrlar uchun eng baland satr o`lchamini avtomatik tanlash;
Скрыть – satrni yashirish;
Отобразить – yashirilgan satrlarni hosil qilish.
Ustunlarni formatlash. Ish vaqtida, ayniqsa katta jadvallar bilan ishlashda ko`p hollarda ustunlardagi ma’lumotlarni ularda to`liq joylashishini hal qilishga to`g`ri keladi. Buni amalga oshirish uchun menyular satrining Формат bo`limidan Столбец buyrug`idan foydalaniladi. Bu buyruq tanlanganda ost menyu hosil bo`ladi, bu menyuning buyruqlari yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Ширина – ustun eni o`lchamini kiritish;
Автоподбор ширины – ajratilagan ustunlarni eng uzun ma’lumotga moslaydi;
Скрыть – ustunni yashirish;
Отобразить – yashirilgan ustunlarni hosil qilish;
Стандартная ширина – satndart ustun o`lchamini kiritish.
Berilganlar formati va funktsiyalardan foydalanish.
Yacheykadagi berilganlar formati. Dastavval kiritiladiga barcha berilganlar uchun Общий (umumiy) format ishlatiladi. Bu shuni anglatadki, berilganlar Excel nuqtai nazariga ko`ra optimal tarizda hosil qilingan. Odatda, ba’zi murakkab bo`lmagan hollarda bu format etarli hisobalanadi.
Jadva katta va unda juda ko`p ma’lumotlar bo`lgan holda esa shunday qilish kerak bo`ladiki, pullar uchu iqtisodiy format, sanalar uchun uniga mos format va boshqa formatlarni ishlatish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Agar biror kata yoki kataklar guruhiga sonli format berish kerak bo`lsa, u holda ular ajratilib, faollashtiriladi va menyular satrining Формат bo`limidan Ячейки buyrug`i ishga tushiriladi. Yoki kerakli katakda sichqonchaning o`ng tugmasi bosilib, hosil bo`lgan kontekst menyuning Формат ячеек buyrug`i ishga tushiriladi. Natijada quyidagi muloqat oyan hosil bo`lad.
Sonli format. Bu sahifada yacheykadagi berilganlarning sonli formatlari tanlanadi. Budan quyidagi 12 ta sonli formatlar mavjud:
Общие – umumiy format, bu sonli, sanali va h.k. formatlardir;
Числовой – bu sonlar formati uchun mo`ljallangan. Bunda sonning turini tanlash mumkin. Masalan, butun son, haqiqiy son.
Денежный – bu pul birliklari formatini o`rnatadi;
Дата – sanalarni berishda foydalaniladi;
Время – vaqtni ifodalash formati;
Процентный – katakdagi qiymat 100 ga ko`paytiriladi va unga foiz belgisi qo`yiladi (%);
Дробный – katakdagi qiymatni sodda kasrlar ko`rinishida ifodalaydi;
Экспоненциальный – katta yoki kichkina sonlar uchun ishlatiladi. Katakdagi qiymat o`nli kasr ko`rinishida ifodalanib, o`nning ma’lum darajasida ko`paytirilgan bo`ladi;
Т екстовый – matnli ma’lumotlarni ifodalash uchun mo`ljallangan format;
Дополнительный – pochta indeksi, telefon raqami, table raqami va boshqa formatlardagi ma’lumotlar uchun ishlatiladi.
Ro`yxatdan kerakli format tanlanganda dialogli oynaning o`ng tomonida formatni akslantiruvchi mos o`zgarish hosil bo`ladi. Bu formatlarni o`rganishning eng yaxshi usuli eksperement o`tkazishdir. Buning uchun jadval katagiga biror son yozib, bu katakda yuqoridagi barcha formatlarni qo`llab ko`rish mumkin.
Tekislash. Kastakka matn kiritilganda u har doim chapga, sonlar esa o`ngga tekislanadi. Katakdagi ma’lumotlarni foydalanuvchi o`zi xoxishiga ko`rta joylashtirish ham mumkin. Yuqorigi muloqat oynaning Выравнивание sahifasi ishga tushiriladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo`ladi
Bu oynaning Выравнивание maydonida yacheykadagi berilganlarni katakda gorizantal va vertikal holatda tekislash mumkin. Buning uchun mos ravishda по горизантали: va по вертикали ochiluvchi satrda ro`yxatidan kerakli parametr tanlanadi. Agar katakda cheklanish qo`yish kerak bo`lsa, по горизантали: satri to`grisida joylashgan satrda cheklanish qiymati kiritiladi. Отображение maydonida esa yacheykadagi berilganlarni hosil qilish holatlari talanadi, bu buyruqlar quyidagilar:
Переносить по словам - yacheykadagi berilgan bir yacheykada to`liq namoyish qilish, ya’ni katakdagi ma’lumot hajmi katta bo`lsa ham u bir katakda joylashtiriladi;
Автоподбор ширины - yacheykadagi berilganlarni joylashtirishda yacheyka o`lchamiga mos holda joylashtiriladi;
Объединение - ikki yoki undan ortiq yacheykalarni birlashtirish.
Bu sahifaning Ориентация bmaydonida esa katakdagi berilganlarning katakda joylashi holati tanlanadi. Holatlar maydonning градусов raqamli satrida kerakli burchak gradisi o`lchovida kiritiladi. Natijada katakdagi ma’lumot shu berilgan burchak asosida katakda joylashadi.
S hrift formati. Шрифт sahifasi ishga tushirilganda quyidagi muloqot oyna hosil bo`ladi
Bu oyna yordamida katakdagi berilganlarning shirfti va uning o`lchamlari shrift sozlanadi.
Sahifaning Шрифтochiluvchi satrida keltirilgan shirftlar ro`yxatidan keraksi, Начертание ochiluvchi satrida keltirilgan matnning holatlari ro`yxatidan matn holatini, Размер ochiluvchi satrida keltirilgan harfning yoki belgining o`lchamini tanlash mumkin.
Bundan tashqari Цвет satrida matnning rangi tanlanadi, Подчеркивание satrida esa matnning ostiga chilishi kerak bo`lgan chiziqning ko`rinishi tanlanadi.
Bu sahifaning Видоизменение bo`lmida matnning ko`rinishlarini o`zgartirish mumkin. Ular quyida alohida – alohida tavsiflangan:
Зачеркнутый – matn usti chizilgan holda hosil bo`ladi;
Верхний индекс – shrift o`lchami kichiklashtirilib matnni yuqori indeksda hosil bo`ladi;
Нижний индекс– shrift o`lchami kichiklashtirilib matnni quyi indeksda hosil bo`ladi;
Barcha bajarilayotgan amallar bu muloqot oynaning Образецbo`limida namoish qilib boriladi.