Bu tashkilotlarda operatsiyalarning bevosita ishtirokchilari (turli mamlakatlardagi kontragentlar) o’rtasida o’zaro to’lov olib boriladigan asosiy hamda tovarlarning sotuvchidan xaridorga yetib kelishi bilan bog’liq bo’lgan ta’minlovchilarga bo’linadi. Asosiy tijorat operatsiyalariga quyidagilar kiradi: moddiy-buyum shaklidagi tovarlarni ayirboshlash bo’yicha (tijorat eksporti va importi); ilmiy-texnikaviy bilimlarni ayirboshlash bo’yicha (patentlar, litsenziyalar, nou-xau savdosi shaklida); texnikaviy xizmat ko’rsatishni ayirboshlash bo’yicha (maslahat va qurilish sohasidagi injiniring); ijara bo’yicha; xalqaro turizm bo’yicha; axborot va boshqarishni takomillashtirish sohasida maslahat xizmatlari ko’rsatish bo’yicha; kinofilmlar va teleprogrammalar ayirboshlash bo’yicha faoliyatlar va hokazo.

Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining o’ziga xosligi ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilash, taraqqiyot strategiyasini tanlash va maqsadlarga erishishda qo’llaniladigan usullardan iborat. Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingida ham ichki bozorda bo’lgani kabi tadqiqotlar bozor segmentatsiyasiga asoslanadi, bunda segmentatsion tahlilning ikki darajasidan keng foydalanadi. Turli milliy bozorlardagi imkoniy xaridorlarning tabaqalashtirilgan tavsilotlarini aniqlash, belgilab olish bilan birga, bu bozorlarning ahamiyati dastlabki baholashdan o’tkaziladi va umman jahon bozorining segmentatsiyasi amalga oshiriladi. Bunday turdagi segmentatsiyalashning usullaridan biri turli milliy bozorlarning belgilab olingan andozaga muvofiqligini aniqlashga asoslanadi.