Mavzusida yozgan mustaqil ishi



Download 25,1 Kb.
Sana24.03.2022
Hajmi25,1 Kb.
#507341
Bog'liq
Axunjanova Moliyaviy Taxlil


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI BANK ISHI
3-BOSQICH SBI-51 GURUH TALABASI
______________NING
___________________________________”
MAVZUSIDA YOZGAN

MUSTAQIL ISHI

Bajaruvchi: _________________
Ilmiy rahbar: ___________

Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni oldini olish chora-tadbirlari


Iqtisodiy nochorlik bizning qonunchiligimizga, respublikamizda bozor munosabatlari rivojlana borib, erkin raqobatga tobora keng yo‘l ochilgan, tadbirkorlarning nochor ahvolga tushib qolishi bilan bog‘liq munosabatlar yuzaga kela boshlagan paytdan boshlab, ya’ni, iqtisodiy nchorlik holatining vujudga kelishini huquqiy jihatdan tartibga solishning zaruriyatning ortishi bilan yangi huquqiy institut sifatida kirib keldi.

Xorijiy davlatlarda bankrotlik instituti katta muammoli masala sifatida tan olinadi. Ularda bu mavzu bir necha yuz yillar davomida o‘rganib kelinmoqda. Jumladan, ularda bankrotlik bilan bog‘liq munosabatlar ilk bora XVI asrning o‘rtalarida qonun normalari bilan tartibga solina boshlanganligini alohida qayd etish lozim. Ammo, bu normalar ko‘proq jinoiy-huquqiy tusda bo‘lgan. Ya’ni, korxonani bankrotlik holatiga tushirganlik uchun aksariyat hollarda jinoiy javobgarlik belgilangan. Bankrotlikning kelib chiqish sabablari chuqur o‘rganilgan holda u bilan bog‘liq munosabatlar har doim ham jinoiy tusda bo‘lmasligi, ko‘pincha fuqarolik, moddiy-huquqiy munosabatlarga yaqin bo‘lganligi sababli keyinchalik bankrotlik bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalarning aksariyat qismi fuqarolik-huquqiy normalarni tashkil qila boshlagan.

Aksariyat xorijiy davlatlarning qonunchiligiga ko‘ra, kreditorlik qarz majburiyatini bajarish muddati boshlangan kunning ertasidan boshlab, korxonani bankrot deb e’tirof etish mumkin. Ya’ni, korxonaning mol-mulki qiymatidan uning qarz majburiyatlari qiymati oshgan bo‘lishi yoki kreditorlarning talablari ma’lum vaqt mobaynida ijro etilmayotgan bo‘lishi ularning qonunchiligida talab qilinmaydi. Ammo shu bilan birga ularda bankrot deb e’tirof etilishi uchun korxonaning kreditorlik qarzining eng oz qiymati belgilab qo‘yilgan. Masalan, AQShda 5 ming dollar, Angliyada 750 funt sterling, Rossiyada eng kam oylik ish haqining 500 (jismoniy shaxslar uchun 100) baravari miqdorida va h. k.

Bankrotlik to‘g‘risidagi chet el tajribalarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, bankrotlik to‘g‘risidagi qonunlar asosan ikki yo‘nalishga yoki modelga ega.

Birinchisi, Buyuk Britaniya modeli bo‘lib, bunda bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik bankrotga uchragan korxonaga berilgan qarzlarni egasiga qaytarib berilishini ta’minlashga qaratilgan. Masalaning bunday tarzda qo‘yilishi asosan korxonani tugatish asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchi model esa Amerika modeli bo‘lib, bunda qonunchilik bankrotga uchragan korxonani turli chora-tadbirlar yordamida to‘lov layoqatini tiklab, xo‘jalik faoliyatini davom ettirishiga qaratilgan.

Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasida ham Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik ana shu ikki model asosida rivojlanib, takomillashib bormoqda.

Bankrotlikka oid qonunchilik jahon miqyosida 2 xil yo‘nalishda rivojlanib bormoqda.

Birinchi yo‘nalishning mohiyati shundan iboratki (Angliya, Germaniya va boshqa davlatlarda), bunda bankrotlikka oid qonunchilikning mohiyati asosan nochor ahvolga tushgan korxonani tezroq tugatib (bankrot qilib), uning kreditorlari qarzini qaytarishga qaratilgan bo‘ladi.

Qonunchilikdagi ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha (AQSh, Frantsiya va boshqa davlatlarda) rivojlanayotgan davlatlardagi bankrotlikka oid huquq normalarida nochor ahvolga tushgan korxonani imkon qadar saqlab qolib, uni nochor ahvoldan chiqarishga ko‘proq e’tibor beriladi.

Respublikamizning 1994 yilda qabul qilingan «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunida yuqoridagi, ikki yo‘nalishni birlashtirishga qaratilgan huquqiy normalar aks etgan edi. Ammo keyinchalik qabul qilingan qonunlar va qonun osti hujjatlarining mazmuniga e’tibor berilsa, bizda ham bu sohadagi qonunchilikda ikkinchi yo‘nalishning xususiyatlari ko‘proq namoyon bo‘la boshladi, ya’ni, ularda qarzdorni nochor ahvoldan chiqarishga yondashuvlarga ustunlik berilishi seziladi.

Qonunchiligimizning bu yo‘nalish bo‘yicha rivojlanishi iqtisodiy jihatdan o‘rinlidir. Xuddi shu jihatlarni agrar sektorda xo‘jalik subyektlarini iqtisodiy nochorlik batqog‘idan qo‘tqarishda qo‘llanilgan chora tadbirlarda ham ko‘rish mumkin. Shu sababli, Respublikamizda “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, amaldagi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunda aynan qishloq xo‘jaligi korxonalariga oid maxsus huquqiy normalarning kiritilganligi ham bejiz emas. Chunki bu Qonunlarda iqtisodiy nochorlikka yuz to‘tgan qishloq xo‘jalik korxonalarini bankrot deb e’tirof etish xususiyatlari bilan birga bunday korxonalarning iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning chora-tadbirlari ham aniq belgilab berilgan.

Korxonalar faoliyatining iqtisodiy nochorligini o‘rganishda baholanuvchi indiqatorlar MDH mamlakatlarida quyidagilar tarkiblanadi.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar yoki to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, bu holat bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.

To‘lovga qodir bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bankrotlik mexanizmini shakllantirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim shartlaridandir. Bankrotlik taomili faqat byudjet tashkilotlarigagina emas, balki barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga ham tatbiq qilinadi.

Bankrotlik instituti to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan qarzdorlarning tijorat faoliyatini tugatish va iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘z faoliyatini qayta tashkil qilib, to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatini beradi.
Bu o‘z navbatida, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga yo‘l ochadi.

Shu o‘rinda «Bankrotlik to‘g‘risida"gi qonunning ahamiyatini alohida ta’kidlash zarur. Chunki ushbu qonun bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ro‘y beradigan iqtisodiy nochorlikni qonuniy asoslarda tahlil qilib beradigan yagona qonun hujjati sifatida maydonga kelgan.

Mazkur qonun qabul qilinganidan so‘ng yurtimiz iqtisodiy sudlari faoliyatida bankrotlik jarayoni bilan bog‘liq ko‘plab ishlar ko‘rilgani e’tiborlidir.

Bu borada xalqaro tajribaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ilmiy tadqiqotlarda bankrot korxonalarni sog‘lomlashtirishning turli chora-tadbirlari xususida so‘z boradi. Aksariyat tadqiqotchilar korxonani sog‘lomlashtirishning 30 ga yaqin turi mavjudligini qayd etgan.

O‘zbekistonda korxonalarni sog‘lomlashtirishning sanatsiya usulidan ham keng foydalanilmoqda. Aslida sanatsiya, bankrotlik kabi institutlar bozor munosabatlariga xos bo‘lgan va muayyan sharoitlarda yuzaga keluvchi iqtisodiy jarayon hisoblanadi.

Aytish kerakki, sanatsiya instituti sudgacha sanatsiya va sud sanatsiyasi jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Sudgacha sanatsiya iqtisodiy sudlar tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilmasdan oldin amalga oshiriladi. Sud sanatsiyasi esa, iqtisodiy sudlar tomonidan qarzdorning to‘lash imkoniyatlarini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini qoplash maqsadida joriy etiladi.


«Bankrotlik to‘g‘risida"gi qonunning 32-moddasida sudgacha sanatsiya chora-tadbirlari ko‘rsatilgan. Bu taomilni sud sanatsiyasi jarayonida ham qo‘llash mumkin.

Bankrotlik jarayonidagi ushbu bosqichning ahamiyatli tomoni shundaki, sud sanatsiyasini amalga oshirish orqali qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlashning oldini olish mumkin.

Aks holda, qarzdorning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida tugatilishiga olib keladi.

Qarzdorning boshqaruv organi, jumladan, uning rahbari qarzdorni o‘z faoliyatini yuritish va uning mol-mulkini tasarruf qilish vakolatidan ozod qilmaydi. U sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi rahbarligida o‘z funksiyalarini bajarishda davom etadi.

Bunga Xorazm viloyat iqtisodiy sudi amaliyotida ko‘rilgan va bankrotlik jarayonida sog‘lomlashib ketgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga doir ko‘plab ishlarni misol keltirish mumkin.

Xususan, Dehqonobod tuman davlat soliq inspeksiyasi G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, «Mus-tafo bobo» xususiy korxonasini bankrot deb topishni so‘ragan.

Arizachi, shuningdek, «Mustafo bobo» xususiy korxonasi faoliyat ko‘rsatmayotgani va kreditorlik qarzini to‘lash imkoni yo‘qligi aniqlanganini ma’lum qilgan. Shu sababli ushbu korxonani bankrot deb topish va tugatish jarayonini qo‘llashni so‘ragan.

O‘z navbatida, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 26 fevraldagi hal qiluv qarori bilan qarzdor «Mustafo bobo» xususiy korxonasi bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish ochilgan.

Bundan norozi bo‘lgan qarzdor apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Ya’ni u G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 26 fevraldagi hal qiluv qarorini bekor qilib, da’voni rad qilishni so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil apreldagi xatiga asosan mazkur ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish uchun Xorazm viloyat iqtisodiy sudiga yuborilgan.

Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, Dehqonobod tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qarzdorning moliyaviy ahvoli o‘rganilganda, qarzdorning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan 1 014 768 818,63 so‘m qarzi borligi aniqlangan.

Qarzdor uch oy va undan ortiq muddatdan buyon 1 014 768 818,63 so‘m qarzini to‘lay olmagan. Shu sababli soliq organi korxonani bankrot deb topishni so‘rab sudga murojaat qilgan.

G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 7 dekabrdagi ajrimi bilan soliq inspeksiyasining arizasi ish yurituvga qabul qilinib, qarzdorga nisbatan bankrotlik ishi qo‘zg‘atilgan va kuzatuv taomili joriy etilgan. Sudning 2019 yil 4 yanvardagi ajrimi bilan korxonaga muvaqqat boshqaruvchi tayinlangan.

Biroq ishdagi hujjatlar shundan dalolat beradiki, qarzdorning nomida maxsus texnika vositalari, qimmatli qog‘ozlar hamda ko‘chmas mulklar, shuningdek, debitorlik qarzdorliklari mavjud bo‘lgan.

Shunday bo‘lsa-da, kreditor va davlat ijrochisi tomonidan qarzni qarzdor nomidagi 2 196 811 320 so‘mlik qiymatga ega asosiy vositalar, ya’ni mavjud mulklardan undirish chorasi ko‘rilmagan.

Qashqadaryo viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Dehqonobod tuman filialining 2018 yil 10 iyuldagi ma’lumotnomasida xususiy korxona nomida umumiy yer maydoni 14 900,00 kv. metr, qurilishosti maydoni 1 323,58 kv. metrli savdo markazi kompleksi 2008 yil 25 martdagi 370-sonli reyestr bilan davlat ro‘yxatiga olingani bayon qilingan.

Shuningdek, «Davtexnazorat» inspeksiyasi Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan 2018 yil 11 iyulda berilgan ma’lumotnomada «Mustafo-bobo» xususiy korxonasi nomida LW500FN rusumli yuklagich traktor va SAMSUNG MX 291 rusumli ekskavator kabi maxsus texnikalar mavjudligi qayd etilgan.

Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysining 2018 yil 8 oktyabrdagi ma’lumotnomasida esa, «Mustafo bobo» xususiy korxonasi nomida «Qishloqqurilishbank"ning nominal qiymati 119,25 so‘m bo‘lgan oddiy aksiyalari mavjudligi aniqlangani ma’lum qilingan.

Dehqonobod tuman davlat soliq inspeksiyasi taqdim qilgan ma’lumotnomada mazkur xususiy korxonaning qoldiq soliq qarzdorligi 734 984 788,10 so‘mni tashkil qilishi qayd etilgan. Biroq keyinchalik «Mustafo bobo» xususiy korxonasining ko‘char va ko‘chmas mol-mulki hamda debitorlik qarzdorligi, qimmatli qog‘ozlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolik kodeksining 57-moddasida tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, davlat korxonasidan tashqari, shuningdek, matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsning kreditorlar talablarini qondirishga qurbi yetmasa, sudning qaroriga muvofiq u nochor, ya’ni bankrot deb hisoblanishi hamda yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib kelishi qayd etilgan.

Yuqorida bayon etilgan holatda qarzdorning qarzni to‘lashga to‘lov qobiliyati mavjud ekani negadir soliq organi va birinchi instansiya sudi tomonidan inobatga olinmagan.

Qonunda ushbu holat bo‘yicha aniq normalar belgilangan. Ammo kreditor sifatida soliq organi va sud ijrochisi «Mustafo bobo» xususiy korxonasidan qarzdorlikni majburiy undirish choralarini ko‘rmagan.

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonunning 40-moddasiga muvofiq, ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan taqdirda, sud ijrochisi bu haqida tegishli dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnomani katta sud ijrochisi tasdiqlaydi.

Mazkur modda talabiga ko‘ra, ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha boqimanda qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga o‘zga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa, tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi.

Biroq Majburiy ijro byurosi Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan ushbu qonun normasiga zid ravishda, davlat ijrochisining bu haqidagi dalolatnomasi va qarori tuzilmagan. Ishda ijrochining ijro ishini yurituvga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori va ijro varaqasini tugatish va boshqaruvchiga qaytarish to‘g‘risidagi yozishmasi nusxalari mavjud, xolos.

Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Xorazm viloyat iqtisodiy sudining apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’ati G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 26 fevraldagi hal qiluv qarorini bekor qildi.

Sudlov hay’ati kreditor — Dehqonobod tuman davlat soliq inspeksiyasining «Mustafo bobo» xususiy korxonasini bankrot deb topish va unga nisbatan tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi arizasini rad qilish yuzasidan yangi qaror qabul qildi.

Sud tomonidan, shuningdek, korxonani tugatishga doir barcha harakatlar to‘xtatildi. Sud xarajatlarini to‘lash mas’uliyati arizachi zimmasiga yuklandi.

Ish yakuniga ko‘ra, Dehqonobod tuman davlat soliq inspeksiyasining mas’ul xodimiga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasiga xususiy ajrim yuborildi.



Bunday misollar hayotimizda ko‘p uchramoqda. Eng muhimi, milliy iqtisodiyoti tobora ravnaq topayotgan mamlakatimizda asosiy maqsad — tadbirkorlik sub’ektlarini bankrot qilish emas, balki ularni moddiy va moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga ko‘maklashishdan iborat ekanini aslo unutmasligimiz kerak.

Zero, tadbirkorlarimiz xalqaro munosabatlarda raqobatbardosh sub’ekt sifatida o‘zini namoyon etib, iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo‘shishidan barchamiz birdek manfaatdormiz. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bizning muhim vazifamiz kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat.
Download 25,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish