Milliy iqtisodiyotda xorijiy kapital va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, boshqaruv tajribasi va marketing faoliyatini o’rganish, ishlab chiqarish va mahalliy bozordagi mavjud taqchilliklarni bartaraf etish, eksport ko’lamini, tuzilmasini kengaytirish va uni takomillashtirish, qat’iy valyuta tushumlarini ko’paytirish, xo’jalik sub’ektlarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida xatarlarni pasaytirish kabi bir qator iqtisodiy tadbirlarni samarali tashkil etishda xorijiy investitsiya asosida tashkil etilgan korxonalarning o’rni o’ta ahamiyatli ekanligini bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi namoyon qilib turibdi. Hozirgi kunga kelib tarmoqlar iqtisodiyotida ro’yxatdan o’tgan korxonalar soni to’rt mingga yaqin bo’lib, ularning aksariyati mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda, yangi ish o’rinlarini tashkil eitshda, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta’minlashda hissa qo’shib kelmoqda. - Milliy iqtisodiyotda xorijiy kapital va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, boshqaruv tajribasi va marketing faoliyatini o’rganish, ishlab chiqarish va mahalliy bozordagi mavjud taqchilliklarni bartaraf etish, eksport ko’lamini, tuzilmasini kengaytirish va uni takomillashtirish, qat’iy valyuta tushumlarini ko’paytirish, xo’jalik sub’ektlarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida xatarlarni pasaytirish kabi bir qator iqtisodiy tadbirlarni samarali tashkil etishda xorijiy investitsiya asosida tashkil etilgan korxonalarning o’rni o’ta ahamiyatli ekanligini bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi namoyon qilib turibdi. Hozirgi kunga kelib tarmoqlar iqtisodiyotida ro’yxatdan o’tgan korxonalar soni to’rt mingga yaqin bo’lib, ularning aksariyati mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda, yangi ish o’rinlarini tashkil eitshda, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta’minlashda hissa qo’shib kelmoqda.
O’zbekistonda islohot yillari davomida 14 milliard dollarlik chet el investitsiyalari va kreditlari o’zlashtirilgan. Investitsiyalar yirik ob’ektlar bilan bir qatorda tog’ qazilamlari sanoatiga, yengil sanoat, oziq-ovqat, go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlariga talay mablag’lar jalb qilinmoqda. Ayni paytda O’zbekiston ham, xorijiy investitsiyalarga iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirish, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish menejmentining ilg’or usullarini amaliyotda qo’llashning muhim omili sifatida baho bermoqda. Zero, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini jadallashtirmay turib, iqtisodiy tizimda tarkibiy o’zgarishlarni yuzaga keltirish, korxonalarimizni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlash, hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yish murakkab masala hisoblanadi. - O’zbekistonda islohot yillari davomida 14 milliard dollarlik chet el investitsiyalari va kreditlari o’zlashtirilgan. Investitsiyalar yirik ob’ektlar bilan bir qatorda tog’ qazilamlari sanoatiga, yengil sanoat, oziq-ovqat, go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlariga talay mablag’lar jalb qilinmoqda. Ayni paytda O’zbekiston ham, xorijiy investitsiyalarga iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirish, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish menejmentining ilg’or usullarini amaliyotda qo’llashning muhim omili sifatida baho bermoqda. Zero, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini jadallashtirmay turib, iqtisodiy tizimda tarkibiy o’zgarishlarni yuzaga keltirish, korxonalarimizni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlash, hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yish murakkab masala hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |