Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.Raqobatbardoshlik tushunchasi va uning xossalari?
2.Raqobat ustunligining parametrik xususiyatlari?
3.Mutlaq foyda nazariyasiga ta'rif bering?
4.Qiyosiy xarajatlar nazariyasi ta'rif bering?
5.Qiyosiy ustunlik nazariyasi ta'rif bering?
6.Raqobat ustunligi tushunchasi ta'rif bering?
7.Kam buyurtma imtiyozlari qanday imtiyozlar?
8.Yuqori buyurtma imtiyozlari qanday imtiyozlar?
23-MAVZU. TOVARLARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
1.Amaldagi xalqaro va milliy standartlar, qonunlar va hujjatlar, texnik reglamentlar, mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning standartlari, patent hujjatlari bilan belgilangan normativ parametrlar.
2.Mahsulotning raqobatdoshligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tarkibi.
3.Iste'molchi nuqtai nazaridan raqobatbardoshlik piramidasi.
4.Tovarlarning raqobatdoshligini shakllantirish.
Rаqоbаtbаrdоshlik — mаzkur bоzоrdа mаvjud eng yaхshi o’хshаsh оb’еktlаrgа nisbаtаn аniq ehtiyojni qоndirish dаrаjаsini tаvsiflоvchi оb’еkt хususiyatidir.
Tоvаr rаqоbаtbаrdоshligi аsоsiy tuzuvchilаri uning istе’mоl хususiyatlаri vа nаrхidir. Rаtsоbаtbаrdоshlik — intеgrаl tushunchа. Tаhlil qilinаyotgаn tоvаr rаqоbаtbаrdоshligini o’lchаsh uchun mаzkur vа rаqib tоvаrlаr хizmаtining mе’yoriy muddаtdа fоydаli effеktini tаvsiflоvchi sifаt infоrmаtsiyasi hаmdа оb’еktlаr hаyotiy tsikllаri dаvоmidаgi jаmi sаrflаrni bilish zаrur.
Bundаy yondаshishlаrdаn bir nеchtаsi mа’lum: tizimli, mаjmuiy, funktsiоnаl.
Firmа tоvаrlаri rаqоbаtbаrdоshligini оshirishning o’z-o’zidаn ko’rinib turgаn usullаri ishlаb chiqаrish хаrаjаtlаri dаrаjаsini istе’mоlchi хаrаjаtlаri dаrаjаsidаn pаsаytirish, mаhsulоt sifаtini оshirish yoki istе’mоlchi sоtib оlgаndаn kеyin tоvаrgа qilinаdigаn хizmаt sifаtini оshirishdir.
Raqobatdoshlik muayyan vaqt va bozorda o‘zaro taqqoslash orqali aniqlanishi mumkin bo‘lgan nisbiy ko‘rsatkich hisoblansa-da, xususiylik tavsifiga ham egadir. Chunki har bir istemolchi o‘z talabini ma'lum mezonlar asosida baholab, aynan o‘z ehtiyoji va talabini to‘liq qondiradigan xizmatlardangina foydalanadi.
Maxsus iqtisodiy adabiyotlarni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki:
- umumiy holda korxona raqobatdoshligi uning bozordagi holatini baholovchi omillar majmui, mahsulot sifati ko‘rsatkichlari va marketing faoliyati samaradorligi bilan aniqlanadi;
- mahsulot raqobatdoshligi uning sifat, narx, istemolchiga yetkazish, mahsulotning harakati singari omillar yig‘indisiga bog‘liq bo‘lib, ular iste'molchi nuqtai nazaridan mahsulot iste'molidan olinayotgan ijobiy samara va iste'mol bahosi sifatida shakllanadi.
- mahsulot yoki xizmatlar raqobatdoshligi korxona raqobatdoshligini ta'minlashning tayanch nuqtasi bo‘lib, uning bozordagi ulushi hamda u bilan bog‘liq boshqa ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Raqobatdoshlikni baholashda qo‘llaniladigan barcha usullarni esa uch guruhga bo‘lish mumkin: evristik (prognozlanadigan, ekspertli usulda aniqlanadigan), kvalimetrik (sifatni miqdoriy baholash) va kompleks usullar. Raqobatdoshlikni baholashda uning ob'ektiga nisbatan tabaqalashtirilgan yoki kompleks usullar qo‘llanilishi mumkin. Tabaqalashtirilgan usulda raqobatdoshlikning alohida ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi va taqqoslanadi. Bu usulda taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmatlar raqobatdoshligining alohida ko‘rsatkichlari ularning me'yoriy, talab etiladigan yoki namuna qilib olingan miqdori bilan o‘zaro taqqoslanadi. Kompleks usul esa umumlashtirilgan, guruhlangan integral ko‘rsatkichlardan foydalanishga asoslanadi. Korxona va mahsulotlarning alohida xususiyatlarini umumlashtiruvchi raqobatdoshlikni kompleks baholashda amaliyotda quyidagi usullar nisbatan keng qo‘llaniladi:
1. Korxona va mahsulot raqobatdoshligini kompleks baholash (K):
K = ∑𝑲𝒊 𝒏 𝒊=𝟎 (1)
bu yerda: Ki – korxona yoki mahsulot raqobatdoshligining alohida ko‘rsatkichlarii, n – ko‘rsatkichlar soni. Bu usul oddiyligi bilan ajralib turib, korxona raqobatdoshligini umumiy baholashda qo‘llanilishi mumkin.
2. Raqobatdoshlikning kompleks ko‘rsatkichini (K) umumlashtirilgan raqobat ko‘rsatkichlarining o‘rtacha vaznli arifmetik qiymat asosida aniqlash:
K = ∑𝑾𝒊𝑲𝒊 𝒏 𝒊=𝟎 (2)
bu yerda: Ki– korxona yoki mahsulot raqobatdoshligining alohida ko‘rsatkichlari,
n - ko‘rsatkichlar soni,
𝑾𝒊– i-ko‘rsatkich vazni.
Aksariyat hollarda raqobatdoshlikning alohida ko‘rsatkichlari vaznining me'yorlashtirilgan qiymatlari olinib, ularning yig‘indisi 1 ga teng deb qabul qilinadi. Shunda raqobatdoshlik kompleks ko‘rsatkichining o‘lchov birligi alohida ko‘rsatkichlarning o‘lchov birligiga mos kelishi ta'minlanadi.
Bu usuldan foydalanishni A.Artur, Tompson (kichik) va A.J. Striklend hamda boshqa bir qator olimlar tavsiya etganlar. I. Maksimov ifodani qo‘llab, korxona raqobatdoshligini ifodalovchi koeffitsientlar orasidagi quyidagi bog‘liqlikni aniqlagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |