Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Download 2,59 Mb.
bet106/238
Sana05.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#320439
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   238
Bog'liq
УМК ТИФ ва ракобат менежменти2020

Darsning maqsadi: Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli hamda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalariga oid ko‘nikmalarni talabalarga berish.

Amaliy mashg‘ulot rejasi:

  1. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi

  2. Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari

  3. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli

  4. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari

Darsning turi: Davra suhbati.Talabalar 3 guruhga bo‘linadi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o‘rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub'ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi. Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.

Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:

1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;

2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlash; texnik yordam ko‘rsatish.

Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‘naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to‘la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la olmaydi.


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish