Darsga oid jihozlar: -Markerlar, flamaster, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Izoh: Marker va plakat bo‘lmagan taqdirda sinf taxtasi,bo‘rdan foydalanish mumkin.
Darsning tuzilishi: -Tashkiliy daqiqa,
-Yangi mavzu bo‘yicha guruhda ishlash,
-Guruh taqdimoti,
-Guruh ishining yakuni,
-Darsga yakun yasash va uy ishi.
Jahon kapitallar bozori (JKB) jahon iqtisodiyotining asosiy unsurlaridan biri sanaladi va u ishlab chiqarish omillaridan biri bo‘lgan moliyaviy resurslar harakatini ta'minlaydi.
Zamonaviy JKBning shakllanishi XIX va XX asrlar bo‘sag‘asida yuz berdi. Bu paytda bir qator yetakchi mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh va qisman Rossiya hamda Yaponiyada) milliy hudud chegarasidan olib chiqilib, boshqa mamlakat xo‘jaligida foydalanish mumkin bo‘lgan nisbatan ortiqcha kapital jamg‘armalari paydo bo‘ldi.
Moliyaviy resurslarning bu tarzdagi migratsiyasidan asosiy maqsad bir mamlakat ichki muomalasidan olingan pul mablag‘larini qabul qilib oluvchi mamlakatga yuqori daromad olish maqsadida samarali joylashtirish hisoblanadi.
Kapital migratsiyasining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: ma'lum davlat hududidan moliyaviy resurslarni olib chiquvchi shaxsning (investor) bu resurslardan boshqa mamlakat iqtisodiyotida foydalanishi orqali qo‘shimcha foyda olish imkoniyatining borligi: investorlarning o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmi va nomenklaturasini kengaytirishga intilishi: ishlab chiqarishning boshqa omillari: ishchi kuchi, tovarlar, xizmatlar, axborotlarni ayriboshlashga rag‘batlantirish.
Hozirgi kunda xalqaro kapital bozori quyidagi qator xususiyatlar bilan xarakterlanadi.
1. Kapital eksportining geografik tuzilmasidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar.
2. Moliyaviy resurslar migratsiyasida davlat rolining ortishi (ayniqsa, XVF kanallar bo‘yicha va “rivojlanishga rasmiy yordam” bo‘yicha).
3. Transmilliy kompaniyalar faoliyati doirasida to‘g‘ri investitsiyalar ahamiyatining ortib borishi.
4. AQSh- G‘arbiy yevropa- Yaponiya uchburchagida kapital oqimi hajmining eng katta miqdorda saqlanib qolishi.
Kapital olib chiqish ko‘rinishlari. Kapital olib chiqish jarayonini uning u yoki bu qirrasini aks ettiruvchi mezonlarga bog‘liq ravishda sinflarga ajratish mumkin. Kapital harakati manbalari nuqtai nazaridan, hukumatlararo kelishuvlarga mos ravishda e'tiborli davlat organlari qaroriga binoan davlat byudjetidan rasmiy moliyaviy resurslarni olish (bu tipga xalqaro tashkilotlar mablag‘lar ham kiradi) jarayoni yoki xususiy, xuquqiy va jismoniy shaxslarning tuzilgan asosidagi investitsion faoliyati natijasida kapital eksportiga ega bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |