Nazorat va muhokama uchun savollar: 1.Korxonalarning raqobatbardoshligi omillari va uni baholash tamoyillari?
2.Faktorlarni har tomonlama baholash prinsipi?
3.Funksional boshqaruvning diqqat markazida bo‘lish prinsipi?
4.Ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish prinsipi?
5.Axborot xavfsizligi prinsipi?
6.Korxonaning rahobatdoshligini baholash usullari?
7.Bozor ulushini hisoblash asosida raqobatbardoshlikni baholash?
8.Foydalanish qiymati me'yoridan kelib chiqqan holda raqobatdoshlikni baholash?
Guruhlarda ishlash uchun topshiriq 1-guruh(«Nima uchun?» texnikasi )
Nima uchun? Nima uchun?
Nima uchun? Nima uchun?
2-guruh(«Nima uchun?» texnikasi )
Nima uchun? Nima uchun? Nima uchun?
Nima uchun? Nima uchun?
3-guruh(«Nima uchun?» texnikasi ) Nima uchun? Nima uchun?
Nima uchun? Nima uchun?
26-MAVZU. KORXONANING RAQOBATBARDOSH STRATEGIYASI Darsning maqsadi: Raobatbardosh korxona strategiyasi haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish shartlari bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladilar.
Amaliy mashg‘ulot rejasi: 1.Raqobat strategiyasini ishlab chiqishda klassik yondashuv.
2.Raobatbardosh korxona strategiyasi.
3.Strategik ustunlikning asosiy variantlari.
4.Strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish shartlari.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Korxona strategiyasiga tuzatishlar kiritish me'yordagi oddiy xolat hisoblanadi. Ba'zan strategiyaga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lib qoladi. Kamdan-kam xollardagina korxona strategiyasi vaqt sinovidan o‘ta oladi. Korxona strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha:
«Korxonamizni biz qanday tasavvur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz?», «Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz?»- degan savolning javobi firmaning yo‘nalishini belgilab, kuchli o‘ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini beradi. Korxona nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi korxonaning missiyasini anglatadi.
Strategiyada qarorlar, rejalar, farmoyishlar shaklida namoyon bo‘ladi. Uni hayotga tadbiq qilishda esa boshqarishning barcha bo‘g‘inlari ishtirok etishadi. Korxonada strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqich-larni o‘z ichiga oladi:
- vazifalarni aniqlab olish;
- yangi mahsulotni yaratish va o‘zlashtirish texnologiyasi joriy etish
rejasini tuzish;
- SWOT tahlilni amalga oshirish;
- qabul qilingan yechimlarni baholash;
- asosiy strategik yechimni tanlab olish.
Strategiyalarni amalga oshirish usullar marketing faoliyatini amalga oshirishga shakllanadigan mavjud munosabatlardan ob'ektiv sur'atda kelib chiqadi. Strategiyalarni amalga oshirish usul va uslubiyatlarini iqtisodiy, tashkiliy (ma'muriy), ijtimoiy – ruhiy psixologik usullarga bo‘lishga imkon beradi. Strategiyalarni amalga oshirish usullarini, ularda aks etadigan iqtisodiy va boshqa munosabatlari turlariga qarab turkumlash bilan bir qatorda, bu usullarda hodimlarning faoliyat sabablarini hisobga olib turib, ularga ta'sir ko‘rsatish nuqtai nazaridan ham farq qilish mumkin. Ular quyidagilardir:
har bir xodimning huquqi va burchlaridan kelib chiqadigan faoliyat sabablari (majburiy motivatsiya);
moddiy manfaatlardan kelib chiqadigan sabablar;
ma'naviy (ruhiy) sabablar.
Shunga muvofiq strategiyalarni amalga oshirish usullari ham quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bevosita direktiv usullar;
xodimlar va jamoani moddiy rag‘batlantirishga asoslangan usullar;
mehnatni ma'naviy (ruhiy) rag‘batlantirishdan foydalanishni ko‘zda tutuvchi usullar.
Strategiyalarni amalga oshirish usullari – hozirgi ob'ektiv qonunlar-dan foydalanish mexanizmi tizimidagi eng muhim qismidir.