40) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
Tovarlarni beg‘araz (to‘lovsiz) yetkazib berish asosida import qilishda yoki tovarlarni tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzmagan holda yetkazib berishda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |