35) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”.
Tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan bo‘lsa, grafada tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘lgan BYuD haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “BYuD”;
avvalgi BYuDning ro‘yxat raqami;
ushbu tovarning avvalgi BYuDning 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYuDning 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYuDning 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan:
GTD 14010/31.03.2012/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar deklaratsiyalanayotgan tovar avval bir nechta tovar turkumlariga bo‘lingan holda bir nechta BYuDlar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, avvalgi rasmiylashtirilgan har bir BYuD to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi.
Agar tovarlarga nisbatan avval BYuD taqdim etilmagan bo‘lsa, grafada tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘lgan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari (yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi, MDP kitobchasi) haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yetkazib berishni nazorat qilish hujjatining kodi: yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi uchun — KKDG, MDP kitobchasi uchun — MDP;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjat raqami (99999/99.99.9999/IM999999 — post kodi/sana/yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqami, 99999/99.99.9999/ZX99999999 — post kodi/sana/MDP kitobchasi raqami). Bunda, yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqamidagi harflar kirill alifbosi harflarida, MDP kitobchasi raqamidagi harflar esa lotin alifbosida yozilishi shart;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda).
Masalan:
KKDG 06006/31.03.2012/IM003761 — 15000 kg;
MDP 27002/01.01.2014/XY00156239 — 19456 kg.
Agar tovar bir nechta yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatlardan rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, har bir ma’lumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |