3-bob. Qog‘oz shaklda deklaratsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari
17. Qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda BYuD mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq BYuDning asosiy varag‘i, bir nechta tovarlarni deklaratsiyalashda esa mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq BYuDning qo‘shimcha varag‘idan iborat bo‘ladi.
BYuDning asosiy varag‘ida bitta tovar to‘g‘risida, bitta qo‘shimcha varag‘ida esa uchta tovar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin (bir vaqtning o‘zida asosiy varaqqa 33 tadan ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin).
Agar mazkur Yo‘riqnomada qo‘shimcha varaqlarning alohida grafalari uchun to‘ldirishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanmagan bo‘lsa, BYuD qo‘shimcha varaqlaridagi grafalarni to‘ldirish tartibi BYuD asosiy varag‘idagi mos grafalarni to‘ldirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar BYuDning qo‘shimcha varag‘ida bitta yoki ikkita tovar deklaratsiyalanayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha varaqning to‘ldirilmagan qismidagi 31-grafaga diagonal chiziq tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. BYuD qog‘oz shaklda taqdim etilganda, BYuDning biror bir grafasida bayon etilayotgan ma’lumotlarni (korxona nomi, vagon, konteyner raqamlari va h. k.) ko‘rsatish uchun joy yetarli bo‘lmasa, ushbu ma’lumotlar BYuDning orqa tomonida yoki qo‘shimcha ilova qilinadigan, BYuDning ajralmas qismi bo‘lgan A4 formatdagi varaqlarda ko‘rsatilishi mumkin. Bunday yozuv deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan imzolanadi tegishli grafada esa “BYuDning orqa tomoniga qarang” yoki “qo‘shimcha varaqqa qarang” yozuvi qayd etiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Bunda BYuDning asosiy va qo‘shimcha varaqlarining orqa qismida yoki qo‘shimcha ilova qilinadigan varaqlarda grafa raqami va deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami (agar ma’lumotlar aniq bir tovarga taalluqli bo‘lsa) ko‘rsatiladi va mazkur Yo‘riqnomaning 4 — 19-boblarida belgilangan tartibda ushbu grafada bayon etiladigan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Har bir ilova qilinadigan qo‘shimcha varaqning yuqori o‘ng burchagida “__________ sonli BYuDga ____ varaqda qo‘shimcha”, deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami “____-sonli tovar” tarzida hamda har bir tovar bo‘yicha grafa raqami ko‘rsatiladi.
19. Qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda BYuD bojxona organlariga to‘rt nusxada taqdim etiladi. Ushbu nusxalar quyidagicha taqsimlanadi:
birinchi nusxa — bojxona organlari ish yig‘ma jildlarida qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi nusxa — bojxona brokeri uchun;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
uchinchi va to‘rtinchi nusxalar — deklarant uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |